Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Alenichev Sobolevning "Spartak"ka o‘tganini xato deb hisoblamoqda

Alenichev Sobolevning "Spartak"ka o‘tganini xato deb hisoblamoqda

Baho:
+ | -

Moskvaning "Spartak" klubi sobiq murabbiyi Dmitriy Alenichevning fikricha,  "Krilya Sovetov" klubidan “Spartak”ka ijaraga kelgan Aleksandr Sobolevning transferi xato ekan.

"To‘g‘risini aytganda, hayron qoldim. "Spartak"dek klubda o‘ynash uchun unga hali erta edi.  Men Aleksandrni juda yaxshi bilaman, u sibirlik ochiq bola, lekin, u boshqa klubda o‘sishga erishishi kerak edi. "Krilya Sovetov"da muhim futbolchi bo‘lgan. Mening fikrimcha, u o‘z jamoasida mavsum yakunigacha qolishi kerak edi. U o‘z jamoasiga yordam berish bilan bir qatorda, kuzda ko‘rsatgan natijalari tasodif emasligini isbotlashi kerak edi. "Spartak"ning asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishi fakt emas. Qolaversa, u asosiy tarkibda maydonga tushsa ham, gol kiritishi uchun hech kim kafolat bera olmaydi. U yerdagi bosim o‘zgacha", - dedi Alenichev.

Eslatib o‘tamiz, "Spartak" Sobolevni keyinchalik sotib olish huquqini o‘zida saqlab qolgan holda, mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

22 yoshli hujumchi 19 ta uchrashuvda 10 ta gol kiritish bilan bir qatorda, 3 ta golli pasni amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:52, 20.02.2020.
O'qildi: 1825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик