Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

«Chelsi» – «Tottenxem». London derbisida qaysi jamoa g‘alaba qozonadi?

«Chelsi» – «Tottenxem». London derbisida qaysi jamoa g‘alaba qozonadi?

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 27-turi “Chelsi” va “Tottenham” o‘rtasidagi markaziy o‘yin bilan boshlanadi.

"Tottenxem” maydonida bo‘lib o‘tgan so‘nggi yuzma-yuz uchrashuv Frenk Lempard shogirdlarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Xo‘sh, “Stemford Brij”da qanday natija qayd etiladi?

“Chelsi” yil boshini muvaffaqqiyatsizliklar bilan boshladi. Eng yaqin ta’qibchisi yetib olishiga bir ochko qoldi. Bu ham bo‘lsa “Tottenxem”.

So‘nggi uch turdan buyon esa “Chelsi” o‘z maydonida g‘alaba nimaligini bilmay kelyapti. Bundan oldingi turda ham o‘z uyida “Manchester Yunayted” jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Ngolo Kante esa ushbu uchrashuvda jarohat oldi. Fransiyalik futbolchi London derbisida o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Shu tariqa, “Chelsi” Premyer-liganing olti o‘yinida atigi bir g‘alabani o‘z hisobiga yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Boy berilgan uchrashuvlarga asosiy sabab qilib himoyadagi sust o‘yin hamda darvozabon Kepa Arissabalaganing ishonchsiz harakatlari ko‘rsatilmoqda. Asosan shu sabab tufayli “aristokratlar” “Manchester Yunayted” va “Nyukasl”ga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘lishgan. “Brayton”, “Lester” hamda “Arsenal”ga qarshi uchrashuvlarda ochkolar yo‘qotilgan. Frenk Lempard boshchiligidagi jamoa inqiroz davrini boshdan kechirmoqda deb aytish mumkin.

Qiyin uchrashuvlarga qaramasdan Joze Mourinyo «Tottenxem” bilan yaxshi natijalar qayd etishni boshlab yubordi. “Manchester Citi” ustidan g‘alaba qozonildi. “Aston Villa”ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida g‘alabani o‘z tarafiga og‘dirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birgalikda Angliya kubogida kuchli “Sautgempton”ni nokautga uchratdi. Bundan tashqari, uchrashuvdan keyingi intervyularda J.Mourinyo o‘z jamoasini g‘alaba qozonishga loyiq deb aytdi, ammo yutqazgan tomon mag‘lubiyatga loyiq emas edi.

Ammo endi “Tottenxem”ga qiyin bo‘ladi. Sababi jamoaning asosiy futbolchilaridan biri Son Xyong Min jarohat olgan.

“Tottenxem” Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “RB Leypsig”ga qarshi uchrashuvda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Tottenxem” umidsiz ko‘rinmadi. Ammo hujumda faol emas edi.

Xullas, o‘yindan oldin ikkala jamoa safida ham muammolar talaygina.

Shu sababli nafaqat ochkolar balki kuch jihatidan ham deyarli teng ikki klubning to‘qnashuviga shohid bo‘lamiz. Ushbu uchrashuv anchagina tajribali va nomdor Maykl Oliver boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan.

“Chelsi” – “Tottenxem” o‘yini FUTBOL TV telekanali orqali soat 17:30 dan boshlab jonli efirda namoyish qilinadi.

Ziyovuddin Namozov tayyorladi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 14:23, 22.02.2020.
O'qildi: 2860 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик