Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Xayrulla Hamidovdan anons: "Ikkinchi o‘rin uchun kurash"

Xayrulla Hamidovdan anons: "Ikkinchi o‘rin uchun kurash"

Baho:
+ | -

“Biz pul emasmiz, biz talantlarmiz. UYEFA bizni yomon ko‘rsa, kimligimizni ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak!”

Pep Gvardiola ta’tildan qaytgan yigitlariga to‘g‘ri so‘zlarni topa bildi. “Vest Hem” bilan kechgan bahsda “shaharliklar” mavsumning eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazishdi.
UYEFAning jazosi “ManSiti”ni qaytanga uyg‘otgandek tuyuldi.
To‘g‘ri, “Vest Hem” daraja emas. Jamoa hozirda eng omadsizlardan biri. Haqiqiy darajani isbotlash soati yetib keldi – Pep uchun omadsiz o‘yingoh “King Pauer”da Brendon Rodjers jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Ha, bu safar yaqqol favorit – mehmonlar.

Lesterliklarning oxirgi natijalari yomon tomonga qarab ketgan. “Siti” bilan farq to‘rt ochkoga yetgani yetmaganidek, pastdagi klublar yaqinlashib qolishdi. “Lester”ning baxtiga to‘rtinchi o‘rindagi “Chelsi” yanada nostabil. “Tulkilar”ning 2020 yildagi natijalari yomonlashishiga tayanch zonasida ko‘p mehnat qiladigan nigeriyalik Ndidining yo‘qligi sabab. Hozircha “ikkinchi Kante” o‘rnini yopadigan kuch yo‘q “Lester”da. Hatto bugun boshqa variantlari ham o‘ynay olmaydi. Rodjers uchun yomon tush...

Xullas, “Real” bilan o‘yindan oldin tayyorgarlik ko‘rish uchun zo‘r imkoniyat – “Lester” uyida uch ochko va ikkinchi o‘rinni keyin o‘ylamaslik, Zidanga qarshi UYEFAdan olingan motivasiya...

Kechagina hammasi Gvardiola klubiga fojialidek ko‘rinayotgandi, bugun ssenariy o‘zgarmoqda. Balki Yevropa Futboli Uyushmasi rahbari “sitichi”dir, jamoani nihoyat yevrokuboklarda uyg‘otish uchun shu ishlarni amalga oshirayotgandir, a?!

Mayli, “Real”gacha hali bor, bugun “Lester”ga qarshi o‘yinini ko‘rib qo‘yamiz.
Sharhida o‘zim.
Umid qilamanki, Vardi munosib qarshilik ko‘rsatadi.

22:30da Uzreport kanalida ko‘rishguncha!

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 17:36, 22.02.2020.
O'qildi: 3163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.