Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Asror Aliqulov: «Jamoaning tayyorgarligi reja bo‘yicha ketmoqda»

Asror Aliqulov: «Jamoaning tayyorgarligi reja bo‘yicha ketmoqda»

Baho:
+ | -

23 fevral kuni yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Sho‘rtan” jamoasi futbolchilari Muborakda “Mash’al”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. O‘yin yakuniga yetgach, “Oq bo‘rilar” ustozi Asror Aliqulov mazkur uchrashuv va qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarining borishi to‘g‘risida muxtasar fikrlarini  bildirib o‘tdi:

— Superliga vakili bo‘lgan “Mash’al”ga qarshi uchrashuvimiz juda kerakli edi va ayni foydali bo‘ldi. Bu yig‘in davomidagi o‘tkazgan ikkinchi jiddiy o‘yinimiz. Bundan sal oldinroq “Dinamo” (Samarqand) bilan ham mana shunday muhim bahsda maydonga tushgan edik. Kuchli raqiblar bilan uchrashuvlar o‘tkazish davomida aniq rejalarni amalga oshirish imkoni paydo bo‘ladi. Misol uchun “Dinamo” va “Mash’al” bilan kuch sinashishimiz asnosida o‘zimizning uyin uslubimizni tatbiq etib ko‘rdik. Yigitlarning imkoniyatlari, jismoniy salohiyati qanchalik darajada ekanligini sinovdan o‘tkazdik.

— Mana shu ikki uchrashuvdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— Yuqorida bu ikkita nazorat uchrashuvining ahamiyatini bejizga ta’kidlab o‘tmadim. Sababi, har bir ishda kichik kichik xatolar, kamchiliklar bo‘lishi tabiiy hol. Aynan mana shunday o‘yinlar davomida nimalarga e’tibor qaratishimiz zarurligi yaqqol ko‘rinib qoladi.

Shogirdlarimning harakatlaridan ko‘nglim to‘ldi. Har ikki uchrashuvda ular o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa hamda ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi. Maydonda erkin va raqibdan qo‘rqmasdan to‘p surishdi.

— Kamchilik va xatolar haqida gapirdingiz. Shu to‘g‘risida ham batafsilroq to‘xtalsangiz.
— Kamchiligimiz ikkita chiziqda yaqqol sezilib qolyapti: kuchli chap qanot himoyachi va hujumchiga ehtiyojimiz bor. Hech kimga sir emas, o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan har qanday jamoa mavsum davomida maksimal darajada uchrashuvlarni muvaffaqiyat bilan o‘tkazishi kerak. G‘alaba esa aynan hujumchilarning qanchalik ko‘p sermahsullik ko‘rsatishiga bog‘liq.

— Demak, tarkibni shakillantirish borasida hali qilinadigan ishlar bor, shundaymi?
— PRO-Liga o‘yinlari boshlanishiga vaqt bor. Shuning uchun bu yo‘nalishda ish olib boramiz.

— “Sho‘rtan” mavsumga tayyorgarlikni biroz kechroq boshladi. Vaqt esa tezlik bilan o‘tib bormoqda. Rejangizdagi ishlarni amalga oshirishga nechog‘li ulgurmoqdasiz?
— Murabbiylar guruhidagi yordamchilarimiz bilan vaqtdan unumli foydalangan holda harakat qilyapmiz. Shuning uchun tayyorgarligimiz reja bo‘yicha ketyapti, deb bemalol ayta olaman.

— “Sho‘rtan”ning umumiy holati qanday?
 — Hozirga kelib, tarkib 90 foizga tayyor.

— Yig‘in bo‘yicha keyingi rejalar haqida ham ma’lumot bersangiz.
— Fevral oyining oxiriga qadar G‘uzorda mashg‘ulotlarni davom ettiramiz. Shu bilan birga nazorat uchrashuvlarini ham tashkillashtirib boraveramiz. Ayni paytda sparring raqib qidiryapmiz. Agar kelishuvga erisha olsak, navbatdagi uchrashuv “Sherdor” jamoasi bilan bo‘ladi.

— Jamoani G‘uzordan tashqariga, deylik Toshkent taraflarga olib chiqish ham ko‘zda tutilganmi?
— Bu masala bizning ham rejamizda bor. Poytaxtda raqib jamoalar topish imkoniyati ko‘proq. Vaziyatdan foydalanib, 3-4 ta sinov nazorat uchrashuvlarini o‘tkazib olsak, yaxshi bo‘lardi. Lekin hozircha, bu haqda aniq biror bir gap ayta olmayman. Rahbariyat bilan maslahatlashib bir qarorga kelamiz.  

“Sho‘rtan” matbuot xizmati bo‘limi

Manba: voha.uz
Kiritildi: 17:37, 24.02.2020.
O'qildi: 2148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.