Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

YECHL. «Barselona» Neapolda durang o‘ynadi

YECHL. «Barselona» Neapolda durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. "Napoli" o‘z uyida "Barselona"ni qabul qilib, durangga imzo chekdi.

Birinchi bo‘limda to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik to‘laligacha kataloniyaliklar tomonida bo‘ldi. Gattuzo shogirdlari esa ishonchli himoyalanib, ularga darvoza sari yaqinlashish imkonini bermadi. Birinchi taymda Setyen jamoasining hujumlariga rang-baranglik yetishmadi.

Aksincha, bahsning 30-daqiqasida mezbonlar qarshi hujumdan unumli foydalanib, hisobni ochishdi. Dris Mertens 16 metrdan yo‘llagan zarbani Ter Shtegen qaytara olmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa "Barsa" o‘z hujumlariga tezlik va turli-tumanlik qo‘shdi. Natijada Buskets-Semedu-Grizmann kombinasiyasidan keyin Antuan hisobni tenglashtirdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan esa Buskets o‘z jarima maydoni yaqinida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni egallagan neapolliklar o‘ta xavfli hujum tashkil qilishdi. Kalyexon yakkama-yakka vaziyatda yo‘llagan zarbani Mark-Andre ter Shtegen oyoqlari bilan qaytarib qoldi.

O‘yin tugashiga 2 daqiqa qolganida esa Arturo Vidal bir vaziyatning o‘zida ikkita sariq kartochka olib maydonni tark etdi. Chililik futbolchi bitta "sarig‘i"ni raqib futbolchisi bilan tortishgani uchun, ikkinchisini hakam bilan bahslashgani uchun oldi.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va dastlabki to‘qnashuvda durang qayd etildi. Javob uchrashuvi 18 mart kuni "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi.

YECHL, nimchorak final, dastlabki o‘yin
Napoli Italiya – Barselona Ispaniya 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 30 Mertens, 1:1 – 57 Grizmann.
Napoli – Ospina, Maksimovich, Mariu Ruy, Di Lorenso, Manolas, Zelinski, Fabian Ruis, InsinYE, Demme (Allan, 80), Kalyexon (Politano, 74), Mertens (Milik, 54).
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Semedu, Pike (Langle, 90), Firpo, de Yong, Vidal, Rakitich (Artur, 56), Buskets, Grizmann (Fati, 87), Messi.
Ogohlantirishlar: Buskets (49), Insinye (61), Messi (66), Grizmann (83), Mariu Ruy (89), Vidal (89).
Chetlatish: Vidal (89).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:57, 26.02.2020.
O'qildi: 6433 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик