Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Chelsi»ni «sochib» tashlagan yigit bilan tanishing

«Chelsi»ni «sochib» tashlagan yigit bilan tanishing

Baho:
+ | -

Stadion.uz “Bavariya” asosiy tarkibida to‘p surayotgan kanadalik “bolakay” bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi.

Mavsum boshida kim o‘ylabdi deysiz Alfonso Devisning chap qanot himoyachisiga aylanib qolishini?! Shunchaki jamoaning o‘ng qanot himoyachilariga e’tibor qarating! Alaba, universal Pavar, Kimmix va Ernandes!  Mana shu himoyachilarning barchasi ikkita qanotda ham birdek harakatlanishga qodir, dunyoning o‘z pozisiyasidagi eng kuchli futbolchilari sanaladi.

Mavsum boshida “Bavariya” himoyada Pavar, Zyule, Ernandes, Alabadan tashkil topgan to‘rtlikka murojaat etayotgan edi. Birdaniga Ernandes va Zyule jaroh oldi va safdan chiqadi. Myunxenliklar vaziyatdan chiqib ketish uchun Boatengni ortga qaytarishdi. Shunga qaramay, chap qanotdagi bo‘shliqni to‘ldirish muammosi paydo bo‘ldi? Barchasi 26 oktyabr sanasidagi “Union”ga qarshi uchrashuvda boshlandi. Keyingi turda “Bavariya” 5:1 hisobida yengilgach, Kovach ketdi, lekin Alfonso yangi pozisiyasida mustahkam o‘rnashb oldi. Aslida qanot hujumchisi bo‘lishiga qaramay, Alfonso yangi pozisiyada shunday o‘yin ko‘rsatyaptiki, mana 21 ta o‘yindan beri asosiy tarkibda o‘ynab kelmoqda. Devis jamoaning asosiy hujum quroli bo‘libgina qolmay, himoyada ham ter to‘kishni unutmayapti. Eng ajablanarlisi shundaki, “Bavariya” o‘tgan yili Devisni MLS tarixida rekord summa (15 million yevro. Shu kunga qadar 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida hech kim Yevropaga bunday katta summa evaziga o‘tmagan) evaziga vinger sifatida xarid qilingan.

Kanadaning “Vankuver” jamoasi tarbiyalanuvchisi kelajakda ikkinchi Riberi bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi aslida. Uning kelajagi himoya bilan bog‘liq bo‘lishi kimni xayoliga kelibdi deysiz? Devisning “Vankuver”dagi ustozi Kreyg Dalriplning futbolchi haqidagi so‘zlariga e’tibor qarating: “Har bir bolakay ikkinchi Ronaldu yoki ikkinchi Messi bo‘lishni istaydi. Ular o‘zgacha futbolchilar, biroq Alfonso ham ular singari o‘zgacha. Unda yarimta Messi va yarimda Ronaldu uyg‘unlik aks etgan. Shunga qaramay, men uning o‘yinlarini Kilian Mbappenikiga o‘xshatib yuboraman. U Killian singari tezkor va jismonan baquvvat futbolchi. Shuningdek, uning to‘p bilan muomalasiga razm solsam, yosh Tyeri Anriga ham o‘xshab ketadigan xislatlarini payqab qolaman. U Tyeri singari balandparvoz so‘zlarni yoqtirmaydiganlar sirasiga kiradi. Ko‘ramiz, u Yevropada men nomini zikr qilgan futbolchilardan qay biriga o‘xshash manerada o‘zini namoyish etar ekan?!"

Futbolchining maydonda unversalligi uni ortiqcha qiyinchiliksiz himoyadan joy olishini ta’minlab bermoqda. “Bavariya” Alfonsoning himoyaga ko‘chirgani uchun uning sobiq murabbiyi ham ham hayron bo‘lgani aniq. O‘tgan yili bahorda Devis bir necha bor zaxiradan maydonga tushib, Koman, Xames va Gnabrilarni almashtirgan edi, biroq “Mayns”ga qarshi uchrashuvda Kovach Alfonsoni aynan David Alabaning o‘rniga jangga tashlaganini unutmaslik lozim. Alfonso o‘zining jamoadagi debyut golini ham rasman qanot himoyachisi pozisiyasida kiritdi. Vaholanki, uning jamoadagi asosiy vazifasi qanot vingerlari dam olish uchun imkoniyat yaratib berishdan iborat bo‘lsa ham.

“Chelsi” muxlisi


Futbolchi YECHLda “Chelsi”ga qarshi o‘yinda eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lgan bo‘lsa-da, “aristokkratlar”ning muxlisi ekanligini yashirib o‘tirmadi : “Dadam doimo “Chelsi”ning ashaddiy muxlisi bo‘lganlar. Hozir ham “ko‘klar”ning birorta o‘yinini o‘tkazib yubormay tomosha qiladilar. Yoshligimda o‘yinlarni ikkimiz tomosha qilar edik. Ayni damga kelib ulg‘aydim, “Bavariya” safiga o‘tdim, biroq “Chelsi”ga muxlislik qilish yoshligimning bir bo‘lagi sifatida tarixda abadiy qoldi. Didye Drogbaning muxlisi ekanligimni yashirib o‘tirmayman.

Qayerda tug‘ilgan?

Alfonso qochoqlar uchun Ganada bunyod etilgan Budburam lagerida 2000-yilda dunyoga kelgan. Uning ota-onasi asli liberiyaiklar bo‘lib (ayni damda ushbu yurtni “oltin to‘p” egasi Jorj Vea boshqarib kelmoqda), ular fuqarolar urushidan qochib yangi hayot izlab yurgan davrlarda farzandli bo‘lishadi. Qaysidir ma’noda ularga omad ham kulib boqadi. Alfonso 5 yoshga to‘lganida, ular oilaviy Kanadaning Vindzore shaharchasiga, keyin Edmontonga ko‘chib ketishadi. Alfonso 15 yoshga to‘lganidagina Kanada fuqoroligini olgach, yoshlar jamoasiga to‘p surishni boshlaydi. 2017-yilda esa, terma jamoa safida ham debyut qilishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, Alfonso milliy jamoada to‘p surgan eng yosh futbolchi bo‘libgina qolmay, o‘zining 19 yoshida Kanada termasi safida 5 ta gol kiritishga ham muvaffaq bo‘ldi.

San’atga befarq emas

Agar Alfonso futbolchi bo‘lishni uddalay olmaganida, aniq shou-biznes vakiliga aylangan bo‘lar edi.  Bu videoda kanadalik futbolchi Uitni Xyuston  ijrosidagi «I will always love you»  qo‘shig‘ini “Bavariya”ning tushlik chog‘ida jonli kuylamoqda.


Bu video futbolchining tik-tok akkauntidan olingan bo‘lib, Devisga juda katta mashhurlik olib kelgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:13, 26.02.2020.
O'qildi: 10114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.