Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

AGMK - "Metallurg" (prevyu)

AGMK - "Metallurg" (prevyu)

Baho:
+ | -

2020 yilgi futbol mavsumi AGMK uchun azaliy raqib sanalgan Bekobodning "Metallurg" jamoasiga qarshi o‘yin orqali boshlanadi. Superliganing ilk turida "Metallurg" Olmaliqda AGMK mehmoniga aylanadi.

Bu to‘qnashuv jamoalarning chempionat doirasidagi o‘zaro 25-bellashuvi bo‘ladi. Toshkent viloyati derbisida AGMK va "Metallurg" chempionat doirasida 24 marotaba to‘qnash kelgan. O‘tkazilgan uchrashuvlarda 11 g‘alaba AGMK hisobiga, 11 yutuq "Metallurg" nomiga yozilgan. Qolgan 2 bellashuvda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati 46-45, AGMK foydasiga.

Shuningdek, Toshkent viloyati vakillari O‘zbekiston Kubogida ham o‘zaro duch kelishgan va unda ustunlik bekobodliklar tarafida - 2 g‘alaba.

Liga Kubogi musobaqasida ham o‘zaro to‘qnash kelgan mazkur jamoalarning ko‘rsatkichida AGMKda ustunlik mavjud. O‘tgan yili o‘tkazilgan musobaqaning guruh bosqichida tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan bo‘lsa, chorak finalda Zafar Polvonovning goli jamoamizga g‘alaba keltirgandi.

Umumiy hisob-kitobga ko‘ra, AGMK va "Metallurg" barcha musobaqalarda jami 28 marotaba to‘qnash kelgan va unda AGMK 12 g‘alaba, "Metallurg" 13 g‘alaba va qolgan 3 bellashuvda durang natijasi qayd etilgan.

Superliganing 1-turi doirasidagi AGMKning ehtimoliy g‘alabasi jamoamizga ushbu qarama-qarshilikning chempionat tarixidagi ko‘rsatkichini yaxshilaydi va g‘alabalar soni bo‘yicha "Metallurg"dan uzib ketish imkoniyatini beradi. Shuningdek, ehtimoliy g‘alaba barcha musobaqalardagi umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha hisob-kitobni tenglashtiradi.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 12:34, 27.02.2020.
O'qildi: 1573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик