Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

«Real Madrid»ning barcha zamonlardagi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoasi

«Real Madrid»ning barcha zamonlardagi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoasi

Baho:
+ | -

Stadion.uz «Real Madrid»ning barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etadi.

 

Iker Kasilyas

 

Klub tarbiyalanuvchisi sifatida «Real Madrid» jamoasiga kelgan darvozabon jamoani klub afsonasi darajasida tark etdi. Klub va terma jamoa safida yutish mumkin bo‘lgan barcha musobaqalarda g‘olib chiqqan Iker nafaqat «Real»ning, balki butun dunyoning yangi asr boshidagi eng yaxshi darvozaboni sanaladi.

 

Serxio Ramos

 

Ayni damda markaziy himoyada to‘p surayotganiga qaramay, Ramos jamoaga o‘ng qanot himoyachisi sifatida taklif etilgan. Boz ustiga, «qirollik klubi» safida markaziy himoyada shu qadar kuchli futbolchilar to‘p surganki, xatto Ramosni o‘ng qanotga ko‘chirishga majbur bo‘ldik. Umid qilamizki, «el-kapitano» bundan ranjimaydi.

 

Manuel Sanches

 

O‘z otasi – Sanches Martines singari «qirollik klubi»da faoliyat olib borgan himoyachi har jabhada dadasidan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi. 60-yillarda klub sharafini himoya qilgan futbolchi 18 mavsum davomida 8 ta chempionlik va 2 ta yevrokubokda zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan. Uni Madrid jamoasining o‘tgan asrdagi eng mashhur futbolchilaridan biri desak, adashmagan bo‘lamiz.

 

Fernando Yerro

 

Sanchesdan farqli o‘laroq, Yerro futbol ortida butun dunyoni kezib chiqishga ulgurganlardan biri. Ayni damdagi Varan qanchalar yorqin ko‘rinmasin, u hali Fernando darajasiga ko‘tarilgani yo‘q. Qahramonimiz faoliyati davomida tayanch yarim himoyachisi va markaziy himoyachi sifatida harakat qilganiga qaramay, «qaymoqranglilar» uchun 601 uchrashuvda 127 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, uning yetakchilik qobiliyatini ham alohida qayd etib o‘tish joiz.

 

Roberto Karlos

 

Ko‘pchilik bu nuqtada Marseloning paydo bo‘lishini tahmin qilgani rost. Shuningdek, butun faoliyatini Madrid jamoasiga bag‘ishlagan Xose Antonio Kamacho ham bunga loyiq edi, biroq biz aynan Roberto Karlosni tanladik. Kichik jussasiga qaramay «dahshatli» zarbalar ijro etuvchi chap qanot qiroli 3 ta YECHL va 4 ta La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritgan. 527 ta uchrashuv va 69 ta gol. Ushbu gollarning barchasi shedevr darajasida ekanligini ham hisobga olib qo‘ying!

 

Pirri

 

Xose Martines Sanches yoxud Pirri «Real Madrid» safida naqd 10 bor chempionlikni qo‘lga kiritgan kam sonli futbolchilardan biri sanaladi. Qahramonimiz «qirollik klubi» safida 16 mavsum harakat qilgan bo‘lib, deyarli barcha pozisiyalarni yopishga qodir chinakam universal futbolchi edi. 60-yillarda u kabi universal futbolchilarni topish oson bo‘lmaganini inobatga olsak, Pirri bu nuqtaga asosiy da’vogar sanalgan Toni Kroosni ortda qoldirishga haqli.

 

Luka Modrich

 

Madridga 26 yoshida ko‘chib kelgan Modrichni avvaliga Ispaniyada yilning eng omadsiz transferi deb atashgan edi. Shunga qaramay, xorvat o‘zida kuch topdi va vaziyatni tubdan o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Yangi asrda «Real Madrid»ning qayta-qayta Yevropa taxtiga ko‘tarilishda Lukaning xissasi juda ulkan. Ko‘pchilik 90+3da Ramosning «Atletiko» darvozasiga urgan golini yaxshi eslaydi, biroq o‘sha uzatmani kim amalga oshirgani bilasizmi? Modrich doimo superyulduzlar qurshovidagi jamoaning «marvaridi» bo‘lib kelgan bo‘lsada, doimo kadr ortida qolib ketadi.

 

Zayniddin Zidan

 

To‘g‘ri, Zizu «qaymoqranglilar» safida ko‘p uchrashuv o‘tkazmagan. To‘g‘ri, uning jamoa bilan yutgan sovrinlar soni ham qolganlarnikidan kamroq, biroqumaydonda ko‘rsatgan «mo‘’jizalari» bilan ham bugungi ro‘yxatga kirishga loyiq. Shunchaki, YECHLning 2001/2002-yildagi final uchrashuvidagi golni eslang! O‘ylashimizcha,barchasi barchaga tushunarli! U Madrid superklubi tarixidagi abadiy qoluvchi personajga aylanishi uchun o‘sha golning o‘zi kifoya. Uning texnikasi va shedevr uzatmalari haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

 

AlfrYEdo Di Stefano

 

Agar Santyago Bernabeu «Real Madrid»ning otasi sanalsa, Di Stefano uning bobosi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ushbu klubning dunyoda dong taratishida Alfredo qo‘shgan hissa juda ulkan. U 21 asrga qadar jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida e’tirof etilgan. Keyinchalik jamoaga Raul va Ronalduning kelishi ham uning jamoa uchun qilgan mehnatlariga soya sola olmadi.

 

Raul

 

Kamtarin va sodda yulduzni bugungi ro‘yxatga kiritganimiz uchun Xento va Pushkashlar bizdan xafa bo‘lishmaydi degan umiddamiz. Ronalduga qadar «Real Madrid» timsoli va uning yuzi sifatida tanilgan yigit 7 yil davomida «qirollik klubi»da sardorlik bog‘ichini munosib taqib yurdi. Hech kim bilan janjallashmadi, hech kimni xafa qilmadi, biroq u Madridni tark etganida barcha xafa bo‘ldi. Ko‘pchilik Raul «Real»dan ketgachgina ancha ulg‘ayib qolganini his etgan bo‘lsa, ajab emas.

 

Ronaldu

 

Madriddagi 9 mavsum Krishtianu uchun deyarli barcha rekordlarni yangilashga kifoya qildi. Jamoasi uchun o‘n beshdan ortiq sovrinlarni yutib bergan zamonimizning eng yaxshi futbolchisi 438 ta uchrashuvda 450 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, aynan Ronaldu yangi asrda «Real Madrid» boy berib qo‘ygan buyuklikni ham jamoaga qaytardi. Uning klub uchun qilgan ishlariga ortiqcha ta’rif berish shart emas. Shundoq ham barchangiz bundan xabardorsiz. Shunchaki,recpekt,Krish!

 

Migel Munyos

 

Janob Migelni alohida e’tirof etishni afzal ko‘rdik. Qahramonimiz avvaliga futbolchi sifatida jamoa bilan 9 ta sovrin yutgan bo‘lsa, murabbiylikda bu sovrinlarga yana 15 ta kubok qo‘shildi. Ayniqsa, uning qo‘l ostida «qaymoqranglilar» naqd 9 bor chempionlikni tantana qilganiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Shu kunga qadar birorta murabbiy «Real Madrid»ni hech yo‘q 3 bor champion qilishni uddalay olmagan.

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 22:01, 28.02.2020.
O'qildi: 10978 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.