Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+1 | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

ArgYEntinalik futbolchi «Milan»ga o‘tadi


 

“Udineze” jamoasi futbolchisi Rodrigo De Paul yozda kuchliroq jamoaga o‘tishi mumkin. Yarim himoyachining hizmatlari bilan “Milan” jiddiy qiziqib qolgan. Bu haqida bir nechta Italiya nashrlarni ma’lum qilmoqda.

“Udineze” jamoasi allaqachon argentinalik futbolchi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishni boshladi. Futbolchining o‘zi kelasi mavsumda oldiga katta maqsadlarni qo‘yayotgan “Milan”ga o‘tishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, De Paul shu kunga qadar milliy terma jamoa safida 17 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

“Lester” yanfi futbolchi oladi

Angliyaning “Lester” jamoasi Fransiyaning “Nitsa” klubi yarim himoyachisi Arno Lusambani o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqida “DailyMail” nashri ma’lum qilmoqda.

Manba bergan xabarlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi “Lester” safiga erkin agent maqomida kelib qo‘shiladi. Uning “Nitsa” bilan tuzgan shartnomasi iyun oyida o‘z yakuniga yetadi. Uning yangi jamoasidagi maoshi borasida ma’lumotlar hozircha yo‘q.

Qayd etib o‘tish joiz, Lusamba “tuliklar” yarim himoyachisi Yur Tilimans bilan do‘stona aloqada. “Lester” rahbarlari bu aloqalar maydonda ham katta naf keltirishiga umid qilishmoqda.

Myunhen klubi ikkita futbolchini xarid qilmoqchi

Taniqli “DailyMail” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “Bavariya” yangi iqtidorlarni xarid qilish maqsadida Angliya futboliga murjaat qiladi. Jamoa yozda huquqlari “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lgan Din Xenderson va “Tottenhem” hujumchisi Troy Perrott bilan jidiy qiziqib qolgan.

Nemis klubi ikkita iqtidor egasi bilan ham yozda shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Perrott ayni damda “Tottenhem” safida o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan bo‘lsa, Din Xenderson APL klublari e’tibor markazida turibdi.

“Chelsi”dan ko‘tara savdo

“TheSun” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” yozda bir yo‘la sakkizta futbolchisini sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa yozda : Kurt Zuma, Pedro, Villian, Markos Alonso, Kepa Arrisabalaga, Jorjinyo, Emerson va Ross Barklilarga “javob berib yubormoqchi”.

Londonliklar ushbu futbolchilarning transferlaridan kamida 175 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. “Aristokratlar” mavsum boshida yana 150 million yevro transferlar uchun ajratgan xolda Jeydon Sancho, Oblak,Verner, Upamenko va Chiluellarni jamoaga olib kelishni rejalashtirishmoqda.

“Manchester Yunayted” markazni kuchaytirmoqchi


 

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yozda yana bir yarim himoyachini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida bir nechta ingliz nashrlari ma’lum qilmoqda. Ayni damda “Fiorentino”ning 22 yoshli futbolchisi Federiko Kyeza “qizil iblislar” nishonida turibdi.

Yarim himoyachining hizmatlari bilan shaxsan Sulsherning o‘zi qiziqayotgani transferning amalga oshish ehtimolini keskin oshirib yubordi. Avvalroq norvegiyalik murabbiy o‘z skautini Federikoning o‘yinini stadionda kuzatish uchun Italiyaga yuborgani haqida ma’lum qilgan edik.

Shu o‘rinda “Fiorentina” ham o‘z futbolchisini jamoada salqab qolish uchun hamma narsaga tayyor ekanligini unutmaslik lozim. Italiya nashrlari bergan xabarlarga ko‘ra, “Fiorentina” tez orada yarim himoyachiga yangilangan va yaxshilangan shartnoma taklif qiladi.

Transfermarket portali italiyalik futbolchini ayni damda 60 million yevroga baholamoqda.

Jorjinoga ikkita klub da’vogar

Londonning “Chelsi” jamoasi yozda qo‘yib yuborishi kuilayotgan futbolchilar ichidagi Jorjino uchun ikkita klub da’vogarlik qilmoqda.

TMW nashri bergan xabarlarga ko‘ra, yarim himoyachining hizmatlari bilan “Yuventus” va PSJ klublari qiziqish bilidirmoqda.

Futbolchining klub tuzgan shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, “Chelsi” Jorjinoni 2018-yilda 58 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:32, 29.02.2020.
O'qildi: 7876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.