Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"Andijon" Nigeriya terma jamoasi futbolchisini taklif qildi

"Andijon" Nigeriya terma jamoasi futbolchisini taklif qildi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tarkibni keskin yangilab yuborgan Aleksandr Xomyakov tarkibga bir qator yosh futbolchilarni qo‘shib olish bilan bir qatorda, tajribali futbolchilarni jalb qilishni ham unutmadi.

Hozirgi kunda "Andijon" safida Moldaviyalik Artyom Litvyakov, ukrainalik Dmitro Zozulyalar harakat qilayotgan bo‘lsa, nigeriyalik Ibe Okoroaning hujjatlari vaqtida hal bo‘lmaganligi sababli, birinchi turda "Lokomotiv" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maydonga tusha olmagandi.

"Andijon" yana bir nigeriyalik futbolchini jamoaga taklif etdi. Himoya qo‘rg‘onini mustahkamlik uchun Aleksandr Xomyakov nigeriyalik futbolchi Emmanuel Arivachukvu taklif etildi.

Tanishing, Emmanuel Arivachukvu

Tug‘ilgan yili: 27.12.1993 yil;

Ampluasi: Markaziy himoyachi;

Fuqaroligi: Nigeriya;

Bo‘yi: 1,92 sm;

Og‘irligi: 82 kg;

Emmanuel Nigeriya chempionatida ishtirok etadigan bir qator jamoalarda to‘p surgan. Shuningdek, legioner futbolchi sifatida Hindiston, Sudan, Iroq chempionatlarida ishtirok etgan.

So‘nggi jamoasi Iroqning “Naft Maysan” klubi hisoblanadi.
2017 yilning 19 avgust kuni Benin terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda Nigeriya terma jamoasidagi debyut uchrashuvini o‘tkazgan.

Uning so‘nggi klubi “Naft Maysan” o‘tgan yilgi mavsumda 20 jamoa orasida 5-o‘rin bilan chempionatni yakunlagan. Hozirgi paytda ayni sabablarga ko‘ra, Iroq chempionati noma’lum muddatga qoldirildi.

Kiritildi: 16:44, 01.03.2020.
O'qildi: 6429 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.