Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Futbol va Koronavirus

Futbol va Koronavirus

Baho:
+ | -

Stadion.uz futbol olamidagi koronavirus haqidagi barcha xabarlarni birinchilardan bo‘lib yetkazib turishni boshladi.

APL jamoalari reaksiya bildirishni boshladi

“The Sun” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, APL jamoalaridan birinchilardan bo‘lib “Sautgempton” ehtiyotkorlik choralarini oshirdi. Bugun ingliz klubi rahbarlari klub futbolchilarga muxlisalar bilan suhbatlashish va ularga dasthat berishni ma’n etdi.

Bunday qaror koronavirusning Yevropaga ham kirib kelgani bilan bog‘liq. Klub o‘z futbolchilari bilan navbatdan tashqari majlis o‘tkazdi va vaziyatni to‘liqligicha ularga tushuntirdi. Endilikda, “Sautgemton” futbolchilari muxlislarga datsxat bersa, katta summadagi jarimaga tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bavariya” jamoasi rahbarlari futbolchilarga muxlislarga datxat bermaslikni maslahat bergan edi.

Koronavirus “JCH 2022” tashkilotchilarini qo‘rqitdimi?

2022-yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH tashkilotchilari katta tezlikda tarqalayotgan virus borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, ushbu havf mundial mezbonlari uchun hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Vaholanki, Qatar sog‘liqni salqash vazirligi mamalakatda yashayotganlardan bir kishi koronavirus yuqtirib olganini rasman e’lon qilgan edi. Shunga qaramay tashkilotchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali quyidagicha bayonet berib o‘tishdi:

“Bizda musobaqagacha yana 32 oydan ko‘proq vaqt mavjud. Mamalakat rahbarlari koronavirus bilan og‘rigan bemorning vaziyati bilan atroflicha o‘rganib chiqishi va unga chora ko‘rishiga ishonchimiz komil. Koronavirus bizning birorta rejalarimizga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Bunday katta musobaqani o‘tkazishni bo‘ynimizga olganimiz uchun ham har qanday vaziyatga tayyormiz.”,-deb xabar bermoqda TACCnashri.

Italiyada barchasi jiddiy ko‘rinish olmoqda

Italiya sport vaziri Vinchenso Spadafora “Inter” klubi muxlislariga murojaat bilan chiqdi. Avvalroq, “Inter” muxlislari Italiya sport vazirligi qabul qilgan qaror klub zarirga ishlayotgani haqida bayonot bergan edi.

“Ayni damda o‘z yoki klub manfa’tlarini barcha narsadan ustun ko‘rish payti emas. Men futbolchi va murabbiylarga ham shaxsiy qiziqishlarni bir chetga surib qo‘yishni maslahat beraman. Siyosatchi sifatida shuni aytishim mumkinki, eng muhimi xalqning sog‘ligi va to‘kin hayot kechirishi.”

Eslatib otamiz, Italiya sport vazirligi “Inter” jamoasining “Yuventus” va “Sampdoria”ga qarshi uchrashuvlarini koronavirus sababli bekor qilgan edi.

RFS Bergov borasida bayonot berdi

Rossiya futboli rahbarlaridan biri – David Berov Italiyadan qaytgach koronaviros bilan og‘rib qolgani va shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqagan edi. Bugun RFS Bergov borasida rasman bayonot bilan chiqdi” ,-deb xabar bermoqda Sport24.runashri

“David Bergov Italiyadan qaytgach, profilaktika uchungina Moskvadagi shifoxonalardan biriga yotkizildi. Unda hech qanday virus aniqlani yo‘q. Ayni damda uning sog‘ig‘i joida va unga hech qanday havf mavjud emas.”

Eslatib o‘tamiz, David Bergovning xolati haqida xabar topgan UEFA rasmiyalari Italiyadan qaytgan barcha futbolchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga buyruq bergan edi.

“Yuventus” mashg‘ulotlarni bekor qildi

Turinning “Yuventus” klubi jamoaning o‘rinbosarlariga mashg‘ulot o‘tkazishni man etdi. Bunga Italiyada katta tezlikda tarqalayotgan koronavirus sabab bo‘ldi. Kecha «Pyaneze» klubining bir yo‘la uchta futbolchisida virus aniqlangach, Turin klubi shunday qarorga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” o‘rinbosarlari «Pyaneze» jamoasi bilan birgalikda Italiyaning “C Seriya”sida harakat qiladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:38, 01.03.2020.
O'qildi: 5073 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.