Iordaniyada boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa davom etmoqda. Bugun musobaqaning ikkinchi kun bahslari start oldi.

Biroz avval hamyurtimiz Rayhona Qodirova (-60 kg) saralash bosqichidagi jangini yakunladi. Yangi zelandiyalik Troy Gartonga qarshi ringga chiqqan yurtdoshimiz o‘z ustunligini namoyish eta oldi va jamoamizning musobaqadagi g‘alabali seriyasini davom ettirdi.