Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklarni taqdim etishda davom etamiz.

"Inter" uz futbolchisini olib qolmoqchi

Milanning “Inter” jamoasi o‘z iqtidorli yosh futbolchisi Alessandro Bastoni yozda boshqa jamoaga o‘tishi borasidagi mish-mishlar ko‘payib ketganidan xabaringiz bor.

“Salciomercato” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Inter” rahbarlari 20 yoshli futbolchini jamoada saqlab qolish uchun barcha choralarni ishga solishni rejalashtirmoqda.

Shu sababli, jamoa tez orada Bastoniga maoshi bir necha barobar kattaroq bo‘lgan shartnoma taklif qiladi. Ayni damda “Barselona” va “Manchester Siti” e’tibor markazida turgan himoyachining o‘zi hozircha vaziyatga oydinlik kiritganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi ushbu mavsumda “A seriya”ning 13 ta uchrashuvida maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1 ta gol yozib qo‘ygan.

“Ayaks” o‘z uslubida

“Don Balon” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Gollandiyaning “Ayaks” jamoasi yozda “Atletiko Madrid” yarim himoyachisi Rodrigo Rikelmeni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Ayni damda, “Matraschilar”ning ikkinchi tarkibida harakat qilayotgan 19 yoshli qanot yarim himoyachisi “Ayaks”ning yozdagi asosiy transfer maqsadiga aylanadi.

Klub Rodiro kelajakda dunyo darajasdagi yulduz bo‘lib yetishishiga shubha qilmayapti. Shu sababli, yozda uning transferi uchun 14 million yevrodan voz kechishga tayyor.

Ispaniyalik futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, “matraschilar”ning asosiy tarkibida debyut qilishga ham muvaffaq bo‘ldi.

“Napoli” hujumchi izlamoqda

Italiyaning “Napoli” jamoasi yozda markaziy hujumchi harid qilishni rejalashtirib qo‘ygan. TMW nashri bergan xabarlarga ko‘ra, jamoa nishonida “Torino” sardori Anrea Belotti turibdi.

Manba bergan xabarlarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining transferi uchun “Napoli” jamoasi 30 million yevrodan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Belotti yozda jamoani katta ehtimol bilan tark etishi kutilayotgan Dris Mertensning o‘rnini egallashi tahmin qilinmoqda.

"Arsenal”ga Orkuna kerak

 

Londonning “Arsenal”jamoasi “Feynord” futbolchisini qo‘lga kirtish borasida muzokaralarni boshlab yubordi.

“Daily Mail” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “kononirlar” Gollandiyaning “Feynoord” klubi yarim himoyachisi Orkun Kekchyuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Bu haqida “Daily Mail” nashri ma’lum qilmoqda. “To‘pchilar” turkiyalik pleymeykerning transferi uchun 23 million yevrodan voz kechishga tayyor. Ingilizlar futbolchining Yevro 2020 musobaqasida yanada qimmatlashib ketishidan havfsiragani bois transferni tezroq amalga oshirishni istamoqda.

Manbada aytilishicha, Orkun “Arsenal”da Mesut O‘zilning o‘rnini egallashi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Artetaning shaxsan o‘zi uni jamoada ko‘rishni istamoqda.

Villian ketadi

Londonning “Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Villian “Chelsi”ni yozda tark etishi tobora haqiqatga aylanib bormoqda. UOL nashri bergan xabarlarga qaraganda, braziliyalik futbolchi “aristokratlar” taklif qilgan ikki yillik shartnomadan voz kechgan. Villian London klubidan kamida 3 yillik shartnoma taklif qilishni talab qilmoqda.

31 yoshli futbolchi va klub yozga qadar kelishuvga erishmasa, Villian klubni erkin agent maqomida tark etish huquqiga ega bo‘ladi.

UOL nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Villian uchun asosiy da’vogar “Barselona” va “Yuventus” bo‘lib turibdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:35, 06.03.2020.
O'qildi: 12079 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик