Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Ertakka ishonuvchi murabbiy»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Ertakka ishonuvchi murabbiy»

Baho:
+ | -

Bugun 7 mart va bu sana futbol ahlidan u qadar nomlarni taqdim etmadi bizga. Ilg‘aganimiz va yozishimiz mumkin bo‘lgan shaxs italiyalik murabbiy Luchano Spalletti ekan. 61 bahorni qarshi olayotgan mutaxassis haqida ozgina bilganlarimizni baham ko‘ramiz. Zotan o‘z prinsipiga sadoqatli insonlardan nimadir o‘rganish mumkin.

Spalletti Italiya futbolining an’analariga vafodor. Futbolchilik faoliyati davomida S seriyadan yuqorini ko‘rmagan Luchano “Empoli”ga bosh murabbiy bo‘lib, darhol klubni yuqori divizionga olib chiqqan. U futbol o‘ynab yurgan payti ham jismoniy tomondan bajara olmagan ishlarini topshiriq berib amalga oshirishga urinardi.  “Juda tez qariganman” – deb eslaydi o‘z yoshligini.

Spallettining murabbiylikda ham katta natijalari yo‘q. “Roma”ni ikki marta Italiya kubogi sohibi qilgani, chempionatda to‘rt marta marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelgani va 2007 yili Superkubokni ham qo‘lga kiritgani boshqa italiyalik mutaxassislar oldida o‘ta maqtanguli ko‘rsatkich emas. Spallettiga natijalari uchun emas, xarakteri uchun, futbolga bo‘lgan qarashlari, futbolchilarga bo‘lgan talabchanligi uchun hurmat ko‘rsatadilar (Rossiyaning “Zenit”ida ikki marta mamlakat chempioni bo‘lish bu inson uchun eslanguli voqea emas, shu bois bunga ko‘p to‘xtalmaymiz).

Spalletti 2006 va 2007 yillari Italiyaning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan. O‘sha payti unga top-klublardan takliflar bo‘lganu, “italyan futboli ruhini singdirish mushkulligi” boisidan bormagan. Borganida, ehtimol, bugungi kunda bu mutaxassis haqida Anchelotti va Konte darajasida gapirarmidik?! Demoqchimanki, aslida Spallettining darajasini tanish uchun natijalarga e’tibor berish u qadar to‘g‘ri emas.

Spalletti yaqinda qiziq voqeaga aralashib qoldi. “Inter”dagi janjallardan so‘ng Ikardi va u jamoadan ketishi aniqlashgach, “neradzurra” rahbarlari murabbiyga qayerga ketsa ham “Milan”ga bormasligi uchun yaxshigina pul to‘lashgan. Spalletti “Inter”ning azaliy raqibi chorlasa-da, murabbiylikdan chetga chiqib turdi. Hozirda shuning oqibatida hech qayerda ishlamayapti.

Uning qiziq intervyusini o‘qidim. Spalletti jurnalistning: “Siz o‘z oldingizga jiddiy maqsad qo‘yadigan odamsiz, lekin nega katta klublarda chempionatni yenga olmaysiz?” degan savoliga shunday javob bergan: “Men Ranyerining izdoshiman. Bir kuni “Lester”ga o‘xshagan jamoani chempion qilib ertak yozaman-da, xotirjam faoliyatimni yakunlayman. Chunki bu kabi natija umr bo‘yi katta klublarda kuchli futbolchilar yordamida chempion bo‘lib yurishdan ko‘ra anchayin zavqliroq”.

Ranyeri yo‘lidan ketayotgan Luchanoga kim taklif berarkan, kuzatishda davom etamiz. Umid oxirigacha so‘nmaydi...

Xayrulla Hamidov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:28, 07.03.2020.
O'qildi: 5850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.