Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bobur Akmalovdan anons: Bundesligada Borussiya derbisi

Bobur Akmalovdan anons: Bundesligada Borussiya derbisi

Baho:
+ | -

Bolaligimizda maktabda qiziq bir odat bor edi. Sinfda eng zo‘ravonlar Birinchi paxan, ikkinchi paxan, uchinchi paxan... deb atalar va odatda kuchli beshlik birga yurardi. Birinchi ikkinchidan, ikkinchi uchinchidan kuchli bo‘lgani uchun - qachondir o‘zaro mushtlashuvda yutgani uchun shunaqa ketma-ketlik yuzaga kelgandi.

Albatta, qolganlar beshinchi, oltinchi..., o‘ninchi va h.k. Chamasi 5-sinfda shakllangan bu iyerarxiya 9-sinfda tasodifan o‘zgardi. 5 yil davomida Ikkinchi bo‘lib kelgan bola Birinchi bilan urushib qoldi. Va... uni yengdi. Sinfdagi qolganlar hayron. Birinchi degan nomni yangi Qirolga berish kerak. Beray desa, hozirgina Birinchi bo‘lib turgan endigi Ikkinchidan qo‘rqishadi, bermay desa endi Birinchi bo‘lib olgan Ikkinchidan. U bo‘ldi, bu bo‘ldi, iyerarxiya o‘zgardi.

Gap kim nechanchiligida emas, balki shu maqomga rozi bo‘lib yashalganida. 5 yil hech kim ortig‘iga da’vo qilmagan turg‘unlik yillarida. Birinchidan kaltak yeyish va so‘kish eshitishga ko‘nikkan boshqalarda. Va bir kuni buni o‘zgartirgan tasodifda.

Bugun oqshom ham uzoq davom etib kelgan an’ana o‘zgararmikin, nima deb o‘ylaysiz? Myonhengladbax 2014 yildan beri Dortmundni yenga olmaydi. Oxirgi 10 o‘yin ham Dortmund foydasiga. Nima qilmoq kerak? Balki aynan bu kun ularning burnini qonatish imkoniyatidir? Tasodif yordam berarmikin yo yashillar o‘z kuchi bilan yengarmikanlar?

Bundesliganing ayni damdagi Uchinchisi "Borussiya" Dortmund va To‘rtinchisi "Borussiya" Myonhengladbah, yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha esa teskarisi: Gladbah Uchinchi, Dortmund esa To‘rtinchi. E, ularning nechanchi ekanligi ham ahamiyatsiz - ahamiyatlisi, ular chempionlik kurashidalar.

Marko Roze ajoyib straykeri Markus Tyuramning yo‘qligini o‘tgan turda Lars Shtindl bilan yechdi. Qolaversa, Patrik Hermann va Bril Embolo ham bor. Alassan Plea bobida muammo yo‘q.

Lyusyen Favrning qo‘l ostidagi yulduzlar esa o‘yini o‘xshab qolsa, bundesosmonni yarqiratib yuborishadi: Torgan Azar, Jeydon Sancho, Erling Holann, Yulian Vaygl, Rafa Gerreru, Emre Jan, Ashraf Hakimiy, Marko Roys, Mario Gyotse, Aksel Vitsel...

Xo‘sh, doim kaltak yeb yurgan bola o‘zidan kuchliroq bo‘lib kelgan o‘zaro to‘qnashuvlardagi "Birinchi paxan"ni yenga olarmikan?

22:25 da SportTVda jonli translyasiyani tomosha qilaqoling. Bundesliga va Yevrohaftadagi markaziy o‘yinlardan biri, ehtimol, eng yorqin afisha.

Uchrashamiz!

Bobur Akmalov

Manba: https://t.me/boburachannel
Kiritildi: 22:22, 07.03.2020.
O'qildi: 2742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.