Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Ikki shaxs»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Ikki shaxs»

Baho:
+ | -

Bugun 8 mart. Doimgi ishimni davom ettiraman. Bugungi sanada tug‘ilgan futbolchilarni ko‘zdan kechiraman: Peter Larsson, Radoslav Petrovich, Jek Uilson, Jon Xarks, Muhammad Idrissu... Ro‘yxat uzun, lekin pichoqqa ilinadigani, o‘zim maqola tariqasida eslab yozishga arziguligi topilmaydi.

Futbolchilar ro‘yxatidan klublar ro‘yxatiga o‘taman. Bugungi sanada tashkil etilgan jamoalarning nomi ham dongdor emas.

Futbolga dahli borlarga o‘taman. Dunyo va yurtimizda ikki shaxsning tavallud sanasi shu kunga to‘g‘ri kelganini topaman (yurtdoshimiznikini bilardim, albatta). Qoyil!

Avval jahon miqyosidagi shaxsga to‘xtalib o‘tsam. U rivojlangan mamlakatning poytaxtida tug‘ilgan. 1947 yil. Katta biznesmen bo‘ldi. Futbolga azbaroyi qiziqqanidan mashhur klubning prezidentiga aylandi. Birinchi saylanganida, dunyoning sara yulduzlarini jamladi. Keyinroq natijalar yomonlashib iste’fo berdi.

Ikkinchi marta qaytganida natijalar yaxshilandi. Yevropaning ko‘zga ko‘ringan turniriga ega bo‘lib qoldi deyarli. Uni dunyoning yarmi yomon ko‘radi. Raqib bo‘lgani uchun yomon ko‘radiganlar bor, boshqalar ko‘proq  futboldagi har xil qing‘irliklarga aralashadi degan gumon bilan xushlamaydilar.

Dunyoning yarmi uning qaysarligini, har xil ishlarga aralashuvini va boshqa illatlarini ko‘rmagandek bo‘lib, poytaxt klubiga qo‘shgan hissasi uchun faoliyatidan rozilar. U o‘z tug‘ilgan shahrini dunyo futboli poytaxtiga aylantirdi.

Gap kim haqida ketayotganini daqiq muxlis allaqachon anglab bo‘ldi – Florentino Peres. Futbol klublari rahbarlari ichidagi eng mashhur, eng qaysar va eng ta’sirchan shaxs. U bugun 73ga kirdi. “Real”ga rahbarlik qilgan davrida Qirollik klubi “Galaktikos”ga ham aylandi, YECHLni qatorasiga uch marta yengib ham oldi. Jamoa tarixidagi birinchi shaxs, jamoa besh marta qatorasiga Chempionlar Kubogini boshi uzra ko‘targanda bosh bo‘lgan Santyago Bernabeu imidji xavf ostida, Peres uni taxtdan tushirishi mumkin. Xuddi Ronaldu o‘sha davrning superyulduzlari rekordini yo‘qqa chiqarib tashlagandek. Mayli, nima bo‘lgan taqdirda ham futbolning eng sirli shaxslaridan biri aynan shu sanani boshqacha ehtirom bilan kutib oladi. (Qarangki, Madrid klubiga ikki kun oldin asos solingan edi, bugun uning ashaddiy rahbari eslanmoqda, yonma-yonligini qarang-da endi!)

Yurtimiz futboliga tegishli shaxsni Peresdan farqli ravishda barcha birdek hurmat qiladi. Ayniqsa, futbol ishqibozlari. Ovozlarini eshitib rohatlanganimiz, o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan ustoz sharhlovchi Mirzahakim To‘xtamirzayev bugun 60 yoshga kirdilar. Ajoyib sana!

Quyida Mirzahakim akaning o‘n yillar muqaddam yangragan sharhlarini e’tiboringizga havola etamiz va tabiiyki, ustozni OMAD HECH QACHON TARK ETMASIN deb qolamiz. Ovoz benazir haqiqatan ham...

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 06:52, 08.03.2020.
O'qildi: 6001 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик