Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Manchester derbisi oldidan qiziq faktlar

Manchester derbisi oldidan qiziq faktlar

Baho:
+ | -

​​Qiziq fakt, «Manchester Siti»ning bugungi tarkibi umumiy 1.16 milliard funtga baholanyapti ekan. «Manchester Yunayted» esa, aynan shu transfermarket ma’lumoti bo‘yicha, 720 million.

Gvardiola kelgan paytda, «Siti»ning futbolchilari 593 million, «Yunayted» esa, 509 million bo‘lgan ekan. Endi transferlarga qarasak, bu davrda «shaharliklar» 787 million, «iblislar» esa, 598 million sarflashibdi.

Qarang, «Manchester Siti» ikki barobar oshibdi, «Yunayted» esa, bir yarim barobar. Transferlar uchun sarflangan pullar u qadar katta farq emas. Demak, «Siti»ning transfer harajatlari rejali va hatto moliyaviy tomondan ham foydali bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin.

Ko‘pincha, «MYU» biznes loyihaga aylanib ketgani haqida ko‘p gapirishadi, ammo ko‘ryapmizki, maydondagi muvaffaqiyatlarsiz katta pullar ko‘kka sovurilishi ham mumkin ekan.

Kuni kecha, Skott Maktominining qiymati so‘nggi ikki yilda 28 barobar oshganini o‘qib qoldim. Balkim, Sulsher bilan yangi rivojlanish yo‘liga tushib olgani aytilayotgan «Manchester Yunayted» ham endi tom ma’noda qo‘shnilariga raqobatchi bo‘lar?

Bugun bu ikki jamoa «Old Trafford»da kuch sinashishadi. O‘ziga yarasha qiziq duel.

E’tiborli tomoni, Manchester derbilarida, so‘nggi besh yilda g‘alati tendensiya kuzatilmoqda - asosan mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlanyapti. Shu davrda «Etihad»da 4 marta g‘alaba qozongan «MYU» o‘z maydonida atigi bir marta yutdi va 4 o‘yinni yutqazdi.

Yana bir ma’lumot, agar bugun Sulsher g‘alaba qozonsa, Pep Gvardiola ustidan uchinchi g‘alabasiga erishadi va bu borada, Arsen Venger va Maurisio Pochettinoga yetib oladi. Faqat ikki murabbiy - Yurgen Klopp (9ta) va Joze Mourinyolar (6) ko‘proq Gvardiolani yutganlar xolos.

Qahramon Aslanov

Kiritildi: 11:06, 08.03.2020.
O'qildi: 5240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.