Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

A seriya. «Yuventus» «Inter» ustidan zafar quchdi (videosharh)

A seriya. «Yuventus» «Inter» ustidan zafar quchdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 26-turi doirasida markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. «Yuventus» o‘z maydonida bo‘sh tribunalara qarshisida «Inter»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bo‘limning dastlabki 15 daqiqasida mezbonlar hisobni ochish uchun 2ta imkoniyatga ega bo‘lishdi. Ammo yo‘llangan zarbalarni Xandanovich qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Tanaffusga 8 daqiqa qolganida Shchesni "Yuve"dan goldan qutqardi.

Bahsning 55-daqiqasida esa hisob ochildi. Matyuidi chap qanotdan jarima maydoniga kirdi va darvoza maydonchasiga uzatma berdi. Ronaldu to‘xtatib bergan to‘pni Remzi yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Paulo Dibala mahorati evaziga raqib darvozasiga ikkinchi to‘pni joyladi. Argentinalik futbolchi o‘ng qanotdan Remziga uzatma berdi va jarima maydoniga yaqinlashdi. Dibala jamoadoshidan to‘pni qayta qabul qildi hamda fint ishlatib Yang va Shkrinyardan o‘tib ketdi. Uning 10 metrlardan yo‘llagan zarbasini Xandanovich qaytara olmadi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida Eriksen o‘yinga intrigani qaytarishi mumkin edi. Ammo daniyalik futbolchining zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ronaldu bir hujumning o‘zida ikkita zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo har safar uning zarbalariga biroz aniqlik yetishmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Yuventus" o‘z ochkolarini 63ta yetkazdi va 1-o‘ringa qaytdi. "Lasio" turinliklardan 1 ochko ortda qolayotgan bo‘lsa, "Inter" bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda 9 ochko ortda qolib ketdi.

Italiya A seriyasi, 26-turning qoldirilgan o‘yini
YUVENTUS – INTER - 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 54 Remzi, 2:0 – 67 Dibala.
Yuventus – Shchensni, Kuadrado, de Ligt, Bonuchchi, Aleks Sandro (De Shilyo, 77), Remzi, Bentankur, Matyuidi, Duglas Kosta (Dibala, 59), Iguain (Bernardeski, 80), Ronaldu.
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, de Vrey, Bastoni, Kandreva (Galyardini, 74), Vesino, Brozovich, Barella (Eriksen, 59), Yang, Lukaku (Sanches, 77), Martines.
Ogohlantirishlar: Shkrinyar (63), Vesino (71), Brozovich (79), Ronaldu (87).
Chetlatish: Padelli (79).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:53, 09.03.2020.
O'qildi: 7878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.