Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Baynalminal yigit va... klub»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Baynalminal yigit va... klub»

Baho:
+ | -

Bugun 9 mart va bu sanani boshqacha e’tibor bilan kutadigan futbolchi hamda klubga to‘xtalib o‘taman.

Yuriy Jorkayeff nomini bizning avlod juda yaxshi biladi. Fransiya terma jamoasi hali grand bo‘lmasidan oldin, Zidan atalmish dahoni kashf etmasidan oldin uchranglilarning ishongani biz hikoya qilayotgan arman o‘g‘loni edi.

Uning chiroyli o‘yinlaridan 1996 yilgi Yevro turnirida bahra olganmiz. Shuningdek, A seriyadagi yulduzli onlarini kuzatganmiz.

1968 yili tug‘ilgan Yuriy bugun 52 yoshga kiradi. Murabbiylik sohasida ko‘rinmayapti, qizig‘i. Vaholanki, maydonda ancha aqlli harakatlari bilan ajralib turadigan uning avlodi bu masalada harakat qilib ko‘rishdi. Xususan, terma jamoadagi do‘sti – Zidan.

Jorkayeff Fransiyaning Lion shahrida tug‘ilgan bo‘lsa-da, arman xalqining an’analariga sadoqat ko‘rsatib yashadi. Chunki ota tomonidan u arman, bobosi qalmiq elatiga aralash armanlardan. Onasining qonida polyak qoni ham bor. O‘zi Fransiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan.

Uchranglilar tarkibida u 1998 yili jahon chempioni bo‘ldi, ikki yil o‘tgach qit’ani ham zabt etdi. Zidan soyasida biroz ko‘rinmay ketgan bo‘lsa hamki, baribir muhim o‘yinchi bo‘lib qola oldi.

Qonida bir necha millatning ulushi bo‘lgan yigitning klub faoliyati ham qiziq: Jorkayeffning eng zo‘r o‘yinlarini “Internasionale” klubida ko‘rdik. Baynalmilallik shioriga aylangan jamoada porlayotgan baynalmilal yulduz...

Bugun Jorkayeff 52 bahorini nishonlayotgan bo‘lsa, “Inter” klubiga asos solinganiga 112 yil to‘ldi. 19-asrning oxirida paydo bo‘lgan “Milan” klubida ikki armiya vujudga kelishi natijasida (bir tomon klubda faqat italyan futbolchilari o‘ynashini, bir tomon boshqa millat vakillariga ham imkon berish kerakligini ilgari surib chiqishgan) ajralib chiqqan tomon “Inter”ga asos solganini ko‘pchilik yaxshi biladi. Klubning kelib chiqishi ham shu masalaga oidligiga qarang-da endi;)

"Inter" Italiya A seriyasida hech qachon pastki ligaga tushib ketmagan yagona klub hisolanadi. Shuningdek, “neradzurra” Italiya klublari ichida bir yilning o‘zida “oltin trebl” sohibi bo‘lgan yagona jamoa.

Bizning vaqtimiz bilan bong 9 martga o‘tgan oqshom “Inter” Turinda A seriya yetakchisi “Yuventus”ga qarshi saflandi. Bayramga zo‘r sovg‘a ulasha olmadi jamoa, nachora...

Shunday bo‘lsa ham, “Inter” muxlislari, sizni tabriklaymiz. Agar yosh avlod bo‘lsangiz, Jorkayeffning gollaridan ham bahra olib qo‘ying! Zotan bu libosda qanday daho yigitlar o‘ynaganini bilib olasiz.

Yuriy Jorkayeffning "Inter" safida eng yaxshi 10ta golini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 07:28, 09.03.2020.
O'qildi: 7636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.