Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Boks. Lisenziyalar soni yana bittaga ortdi

Boks. Lisenziyalar soni yana bittaga ortdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo‘lgan Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi boks bo‘yicha lisenzion turnir o‘zining qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi.

Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘tkazilayotgan, Osiyo va Okeaniya mintaqasi uchun yo‘llanma beruvchi mazkur musobaqada bugun chorak final bahslari davom ettirilmoqda. Ahamiyatli tomoni shundaki, bugun yana bir hamyurtimiz -52 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan charm qo‘lqop ustasi Shahobiddin Zoirov kvalifikasion turnirning chorak final bahsida eronlik raqibi Omid Ahmadisafa ustidan g‘alaba qozondi.

Hamyurtimiz uch raund davomida to‘liq ustunlikni o‘zida saqlab qolgan holda eronlik bokschini 5:0 hisobida taslim eta oldi.

Amaldagi Olimpiya va Jahon chempioni hisoblanmish Zoirov endi ushbu turnirning yarim finalida tailandlik Thitisan Panmot bilan jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tkazilgan bir qator janglar natijasiga ko‘ra, 3 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmalarini naqd qilishgan edi. Ular +91 kg vaznda Bahodir Jalolov, -91 kg vaznda Sanjar Tursunov va -69 kg vaznda Bobousmon Baturovlar Tokio uchun chipta sohibiga aylandi.

Shuningdek, bugun yana to‘rt nafar bokschimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun jangga kirishadi. Eʼtiborlisi, ular orasida ikki nafar qizlarimiz ham bor. Umid qilamizki, vakillarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni to‘liq oqlagan holda g‘alabalarni qo‘lga kiritadi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 16:17, 09.03.2020.
O'qildi: 4232 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.