Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Boks. Bahodir Jalolov finalga chiqdi

Boks. Bahodir Jalolov finalga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun o‘tkazilayotgan lisenzion musobaqaning yarim final bosqichi doirasidagi janglar yakunlandi.

Eng og‘ir vazndagi bokschimiz Bahodir Jalolov (91+ kg.) final yo‘llanmasi uchun hindistonlik Kumar Satishga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu vaznda jahon chempioni hisoblangan vatandoshimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. U hattoki kuchni tejagan holda xotirjamlik bilan jang olib bordi. Bahodir uchinchi bo‘limda biroz faollikni oshirishi oqibatida hind bokschisi bir marta nokdaunga tushdi. Hakamlarning yakuniy bahosi — 5:0 (30:26, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27).

Jalolov finalda avstraliyalik Jastis Xaniga qarshi jang olib boradi. Ushbu vaznda hamyurtimizning asosiy raqibi hisoblangan qozog‘istonlik Qamshibek Qo‘nqabayev jarohati tufayli yarim finalda ishtirok etmadi.

Shu tariqa, Ammandagi turnir finaliga O‘zbekistonning 3 nafar sportchisi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ertaga bo‘ladigan chempionlik janglarida Mirazizbek Mirzaxalilov (57 kg.), Elnur Abduraimov (63 kg.) va Bahodir Jalolov ringga ko‘tarilishadi. Uch bokschimiz esa bugun imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan yakunlanishdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:29, 10.03.2020.
O'qildi: 4794 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.