Kirish Ro'yxatdan o'tish

YECHL. «Leypsig» - «Tottenxem», «Valensiya» - «Atalanta» o‘yinlarining eng yaxshi futbolchilari aniq bo‘ldi

YECHL. «Leypsig» - «Tottenxem», «Valensiya» - «Atalanta» o‘yinlarining eng yaxshi futbolchilari aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan dastlabki javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

«RB Leypsig» o‘z uyida «Tottenxem»ni qabul qilib, yirik hisobda (3:0) g‘alaba qozondi. «Valensiya» esa o‘z maydonida «Atalanta»ga imkoniyatni boy berdi (3:4).

UYEFA mazkur o‘yinlarning eng yaxshi futbolchilarini ma’lum qildi. Londonliklar darvozasiga 2ta gol urgan "Leypsig" yarim himoyachisi Marsel Zabitser hamda kecha oqshom "poker"ni rasmiylashtirgan "Atalanta" hujumchisi Yosip Ilichich uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilari deb topilishdi.

Ushbu o‘yinchilar Yevropa chempionlar ligasining ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogar sifatida kiritilishadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:46, 11.03.2020.
O'qildi: 3229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик