Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Yirtqich ohu»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Yirtqich ohu»

Baho:
+ | -

11 mart bugun. Nomlar ko‘p. Ichida o‘zimga yoqqan va ta’rifini maromiga keltirib yoza oladiganim faqat Didye Drogba ekan.

Kot D'Ivuar terma jamoasi a’zosi faoliyati davomida sakkizta klubda o‘ynagan. Bizning ko‘z o‘ngimizda birgina libosda aks etadi: Kechagina 115 yoshga kirgan “Chelsi” libosida...

Shaxsiy fikrimcha, Drogba braziliyalik Ronaldodan keyingi eng yaxshi sof hujumchi. Gol uchun tug‘ilgan, jarima maydonchasi ichida o‘zini yaxshi his etadigan eng zo‘r strayker u.

Stastistika bizni aldamaydi:

— Drogba Kot D”Ivuar tarixida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi.

— “Chelsi” tarkibida chet ellik futbolchilar ichida ham eng ko‘p to‘p kiritgan.

— Afrika futbolchilari ichida premyerligada birinchi bo‘lib yuzlik dovonni bosib o‘tgan.

— 2004 yili “Chelsi”ga 24 mln funtga o‘tar ekan, mamlakatining eng qimmat o‘yinchisiga aylangan.  

Keyingi yilning o‘zidayoq muhim figura bo‘lganiga qarang: Angliya superkubogida va Liga kubogi finalida muhim gollarni yo‘llab, jamoasiga kuboklar olib berdi.

2012 yili londonliklarga premyerligani yengishda xizmat qildi, shuningdek, YECHL finalida “Bavariya” mag‘lub etilishida asosiy qahramonga aylandi. O‘yindagi golni urdi, penaltilar seriyasida oxirgi zarbani yo‘lladi. Haqiqiy monstr!

— 2013 yili yana Angliya chempioni bo‘ldi.

— Shuningdek, terma jamoasining sardorlik bog‘ichi unga topshirildi.

— Jahon chempionatlarida mamlakatining birinchi golini kiritgan yulduz ham Drogba bo‘ladi.

— Afrikaning eng yaxshi futbolchisi (2014), 2007 va 2010 yillari qahramonimiz Angliya chempionatining to‘purari nomini qo‘lga kiritdi.

— 40 yoshida futbol bilan xayrlashdi.

Raqamlar o‘z yo‘liga, gollar ham o‘z yo‘liga, bugun 42 bahorini qarshi olayotgan yulduzning darajasini gollaridan ko‘ra unga berilgan ta’riflar yaxshiroq belgilab beradi: “DiDi”, “Dohiy” va “Sherdan qocha oladigan yagona ohu”. Zo‘r, a?!

Drogbaning shaxsiyati ham hurmatga loyiq: U faoliyatining cho‘qqisida o‘zini Ronaldo, Trezege va Anri darajasidan past sanagan: “Men ko‘p mehnat qilaman, ammo yuqoridagi uch hujumchiga hech qachon yeta olmasligimni yaxshi bilaman”.

Shu yilgi “The Best” tadbirini ham chiroyli o‘tkazib berdi. Messiga sovrinni topshirar ekan, ichidan ne tuyg‘ular o‘tgan bo‘lsa?! Ehtimol, yagona aybim – senlarning davringda yashaganim, degan his o‘tgan ersa, ajabmas. Shunday bo‘lsa-da, Drogba jarima maydonchasi ichida Ronaldudan ham, Messidan ham xavfliroq ekanligini bugun tan olmasak bo‘lmaydi. Uni “Oltin to‘p” olmagan yulduzlar tarkibida bemalol hujumga qo‘ysangiz, u sizni uyaltirib qo‘ymaydi.

Endi-endi futbolga oshino tutinayotgan yosh ukalarimiz pastroqdagi videoni ko‘rib olishsin. Ularning "aybi" — Drogbadan keyinroq futbolga qiziqqanlari:)

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 08:03, 11.03.2020.
O'qildi: 8358 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.