Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Boks, erkaklar. Finalga Qozog‘istondan 4, O‘zbekistondan 3 bokschi yetib keldi

Boks, erkaklar. Finalga Qozog‘istondan 4, O‘zbekistondan 3 bokschi yetib keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 11 mart kuni Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya bokschilari uchun lisenzion musobaqa o‘z nihoyasiga yetadi.

Kunning birinchi yarmida Tokio-2020 olimpiadasi lisenziyasi uchun janglar o‘tkazilsa, kechki dasturda final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Kun davomida to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi. Ahamiyatlisi, -51 kg vaznli bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova Tokio Olimpiadasi lisenziyasi uchun jang qiladi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining 3 a’zosi finalga yetib kelgan bo‘lsa, Qozog‘iston 4 bokschi bilan chempionlik jangida ishtirok etadi. Faqatgina bitta vazn (63 kg.)da o‘zbek va qozoq sportchilari o‘zaro to‘qnash kelishgan. Iordaniya va Avstraliyaning ikki nafardan bokschilari bugun final jangida ishtirok etsa, yana besh mamlakatning bir nafardan a’zolari finalgacha yetib kelishgan.

Olimpiada lisenziyasi uchun jang:

-51 kg: Tursunoy Rahimova - Yutumas Jitpong (Tailand) (14:00)

Finalning barcha janglari (boshlanish vaqti — 20:00):

-52 kg. Xu Jianguan (Xitoy) - Panmot Titisan (Tailand)

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov (O‘zbekiston) - Muhammad al-Vadiy (Iordaniya) (20:45dan so‘ng)

-63 kg: Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Zakir Safiulin (Qozog‘iston) (21:00dan so‘ng)

- 69 kg. Eshash Ziyod (Iordaniya) - Vikas Kirshan (Hindiston)

- 75 kg. Eumir Marsial (Filippin) - Abilxan Amankul (Qozog‘iston)

- 81 kg. Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston) - Paulo Aokuso (Avstraliya)

- 91 kg. Vasiliy Levit (Qozog‘iston) - David Nyika (Yangi Zelandiya)

+ 91 kg: Bahodir Jalolov - Yustis Xuni (Avstraliya) (22:15dan so‘ng)

* - Taqdirlash marosimiga qarab janglar vaqti o‘zgarishi mumkin.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:34, 11.03.2020.
O'qildi: 9245 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.