Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Davron Fayziyevdan anons: "Liverpul" – "Atletiko": yashash uchun kurash instinkti"

Davron Fayziyevdan anons: "Liverpul" – "Atletiko": yashash uchun kurash instinkti"

Baho:
+ | -

Futbol tarixida ko‘plab katta kambeklar qayd etilgan. Deylik, agar Chempionlar ligasida eng yorqin kambeklar beshligi tuzib chiqiladigan bo‘lsa, ikkita pozisiyani egallaydigan yagona klub «Liverpul» bo‘ladi.

Biri "Milan" bilan final o‘yini. Ikkinchisi "Barselona"ga qarshi uydagi 4:0 hisobi.

Demak, «Liverpul»da qiyin vaziyatda, devorga taqalganda, yiqilish arafasida turganda kuch va irodani ishlatib yuborish xususiyati bor. Ya’ni, hayot uchun kurash instinkti. Ekstremal, hayot uchun xavfli vaziyatlarda inson o‘zining yashirin va avval sezilmagan qirralarini ishga soladi.

Aytishingiz mumkin, 1:0 juda unchalik ekstremal vaziyat emas deb. Hisobga qarasak, ha shunday. Ammo raqibga kelsak... «Atletiko» Madrid bu zamonaviy Krak de Shevalye qal’asi, ya’ni zabt etish qiyin bo‘lgan qo‘rg‘on. Ayniqsa, hisobni ushlab qolish uchun o‘ynaganda. Diyego Simeone bitta to‘plik farqni saqlash masalasida dunyoning eng kuchli mutaxassislaridan biri. Himoyalanish masalasida kuchli taktik va strateg.

Eshitishimizcha, unga Pentagondan ham takliflar bo‘lgan (hazil albatta). Ammo uddalardi.

Simeone uchun 1:0 hisobidagi ustunlik ideal muhit. Bu vaziyatda o‘yinni quritib, tempni buzib, raqibni keskinlik bilan kutib olib, jarima atrofini tekislab tashlaydi. «Liverpul» uchun o‘z uyi, ya’ni "Enfild" maydoni begonaga aylanishi mumkin.

Bugun favorit yo‘q.
Bugun superto‘qnashuv bor!
Bugungi o‘yin ertaga tarixga aylanadi, jonli tarzda ko‘ring.

Ochig‘ini aytganda, Yurgen Klopp va Diyego Simeone o‘z yigitlariga maydonga tushish oldidan qanday emosional nutq so‘zlashini tasavvur qilsam etim jimirlab, qiziqishim ko‘p karra oshmoqda. Bu o‘yindan chiroyli, yengil, kombinasion futbol spektakli kutmang.

Jang bo‘ladi, gladiatorlar jangi, faqat bir jamoa jon saqlab qoladi.
 
00:50 UzReport Live.
Birgalikda ko‘ramiz.

Davron Fayziyev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:05, 11.03.2020.
O'qildi: 4088 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик