Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘xshamagan reja: Neymar "Barselona"ga qaytadimi?

O‘xshamagan reja: Neymar "Barselona"ga qaytadimi?

Baho:
+ | -

Yozda katta transfer amalga oshishi mumkin. Gap o‘sha eski mavzu — Neymar va "Barselona" haqida bormoqda.

Xabarlarga ko‘ra, "Barselona"ning yozgi transferdagi asosiy maqsadi — Neymar. 28 yoshli futbolchining Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tishi 180 mln yevroga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda "PSJ" Neymarni "Barselona"dan tovon puli — 222 mln yevroni to‘lab sotib olgandi. Bu hozircha rekord. Ammo "Barselona" Neymarni bundan kamroq summa evaziga qaytarish mumkinligiga ishonyapti. Qolaversa, Neymar va Parij klubi rahbariyati o‘rtasidagi munosabat hali iliqlashgani yo‘q. Neymar "PSJ" sport direktori Leonardoni ko‘rganida hali ham qovog‘ini soladi.

Shu bilan birga, "PSJ" rahbariyati Neymarni sotib olish katta foyda keltirmadi deb hisoblamoqda. Chunki rejaga ko‘ra, o‘tgan uch yil ichida "PSJ" nafaqat YECHL finaliga chiqishi, balki, ushbu turnirni hech bo‘lmaganda bir marta yutishi kerak edi. Ammo reja o‘xshamadi. Bugun fransuz klubi xo‘jayinlari "PSJ" braziliyalik futbolchi bilan yuqori cho‘qqilarga chiqishiga ishonishmayapti. Shu sababli klub Neymar bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshlamadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilda tugaydi.

Bundan tashqari, ekspertlarning fikricha, parijliklar Neymarning jurnalistlarga aytayotgan bayonotlariga nisbatan salbiy munosabatdalar va unga ishonishmaydi. "PSJ"ning bor e’tibori hozir jamoaning yosh yulduzi — Kilian Mbappega qaratilgan.

Bu galgi YECHL — Neymar va "PSJ" mavzusiga yechim topib beradigan omil. Parijliklar Neymar chindan ham jamoaning ijobiy natijalariga katta hissa qo‘sha olishiga ishonch hosil qilishmoqchi. Agar Neymar "PSJ" safida faol o‘ynamasa va jamoasining yutuqqa erishishiga hissa qo‘sha olmasa yoki buni ta’minlay olmasa, yozda boshqa jamoaga sotib yuboriladi. 

Xorijiy manbalarning yozishicha, "Barselona" yozda Neymarni sotib olish uchun yaxshigina imkoniyatga ega. Ammo Kataloniya klubi buning uchun bir nechta futbolchisidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 17:46, 12.03.2020.
O'qildi: 8454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик