Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya 0-2 O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Ayaks” yulduzi Londonga ketadimi?

 

“Gollandiyaning “Ayaks” jamoasi yarim himoyachisi David Neres APLga ko‘chib o‘tishi mumkin”, - deya xabar bermoqda TMW nashri.

Manba bergan xabarlaga qaraganda, 23 yoshli vingerning hizmatlari bilan “Chelsi” va “Tottenhem” klublari jiddiy qiziqib qolgan. Gollandlar o‘z futbolchisi yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasada, uni 50 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchining xizmatlari bilan PSJ va “Yuventus” jamoalari ham qiziqib qolgan.

Nemis “Liverpul”ga o‘tmaydi

 

Germaniyaning “Bayer” klubi yarim himoyachisi Kay Xaverts “Liverpul” jamoasining taklifini rad etishga tayyor. Gap shundaki, 20 yoshli futbolchi Myunxenning “Bavariya” jamoasiga o‘tishni istamoqda. Futbolchi Bundesliga chempioni bo‘lish va YECHLda zafar quchish uchun “Bavariya”dan yaxshiroq klub yo‘qligini rasman e’lon qildi.

Avvalroq futbolchining agenti Kay “Bavariya” o‘yin amaliyotini taqdim etsa, albatta jamoasini o‘zgartirishini rasman tasdiqlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi ushbu mavsumda Bundesliganing 22 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobida 6 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozib qo‘ydi.

Eriksen “Inter”ga o‘tganidan xafa

 

Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Milanga ko‘chib o‘tish fikri xato ekanligini tan oldi.

“El Desmarque” bergan xabarlarga ko‘ra, futbolchi “Tottenhem”ni tark etgani uchun qattiq afsus chekmoqda. Gap shundaki, agar u mavsumni “shporlar” safida yakunlaganida, “Real Madrid” safiga borib qo‘shilish imkoniyatiga ega edi.

Eslatib o‘tamiz, Eriksen “Inter” safida atigi 120 daqiqa harakat qildi va birorta foydali harakatni amalga oshirgani yo‘q.

“Benfika”dan rasmiy xarid

Portugaliyaning “Benfika” klubi Braziliyaning “Korintians” klubi yarim himoyachisi Pedrinoni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Klub rasmiy sayti bergan xabarlaga qaraganda, “Benfika” 21 yoshli futbolchi uchun 20 million yevrodan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. Pedrino klub safida 1-iyundan boshlab harakat qilish huquqiga ega bo‘lib, tomonlar 5 yillik shartnomaga imzo chekishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yarim himoyachining xizmatlari bilan “Barselona” va “Borussiya Dortmund” jamoalari qiziqqan, biroq Braziliya klubi o‘z futbolchisini Portugaliya klubidan boshqasi jamoaga sotmagan edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:57, 12.03.2020.
O'qildi: 11324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.