Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Yuventus» ko‘zoynagi

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Yuventus» ko‘zoynagi

Baho:
+ | -

Bugun 13 mart. Qay futbolchi uchun muhim sana, deb o‘ylaysiz? Izlaganim sari ko‘p futbolchilarni topdimu, ko‘nglimga yaqini Edgar Davids bo‘ldi. Niderlandiyalik o‘ziga xos tayanch yarim himoyachisi tashqi ko‘rinishi bilan-da yodda qolgan o‘yinchi edi. Bugun u 47 yoshga kirdi.

Davidsni bizning avlod boshqacha ehtirom bilan eslaydi. Zeedorfga qo‘shib eslaydi. Nega deysizmi? Ular bir-biriga o‘xshashgan va 1998 yilgi Chempionlar Ligasi finalida “Yuventus” vakili bo‘lgan Davidsga hakam birinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, ketidan qizil ko‘rsatgan. Ko‘zoynakli yigit hayrat bilan boqib turganida, germaniyalik Xelmut Krug “qovun tushirganini” sezib qoladi: Biroz avval “Real” a’zosi Klarens Zeedorfni ogohlantirgan va va o‘xshash chehralarni farqlay olmagan.

Zeedorf ham Davids singari Niderlandiya terma jamoasining asosiy vakili edi. O‘xshashlik balki shundan vujudga kelgan.

Davidsni men qanday o‘yinchilar sirasiga kiritaman, aytaymi? Kaka, Shevchenko, Torres va Neymar singari futbolchilarga. “O‘ziga mos jamoasini almashtirib, buning evazini qimmat taqdir bilan to‘lagan” futbolchilar, bildingiz, a?!

Jahon futbolida “Pitbul”, “Piranya”, “Vahshiy” va “Buldog” nomlari bilan mashhur siymo avlodi Surinamga borib taqaladi. Niderlandiyaning quturgan tarkibida uning millatdoshlari ko‘p bo‘lgan, shuning oqibatida gollandlarning o‘yinida yevropaliklarning ruhiyati+ afrikancha shiddat yaqqol ufurib turgan.

Tabiiyki, Davidsning futbol maktabi – “Ayaks”. YECHl g‘olibi bo‘lgan davrlarida aynan shu yigit markazni gullatgan. So‘ng Italiyaga yo‘l. “Milan”da ikki yil o‘ynab, “Yuventus”ga o‘tgan va turinliklar safida eng nurli davrlarini o‘tkazgan. Davids “zebralar”ga shu qadar mos ediki, uning keyingi bekatlari – “Barselona”, “Inter” va “Tottenhem” jamoalari iste’dodli futbolchining umrini behudaga ketkazdi, xolos.

O‘zining aytishicha, yoshligida hujumchi bo‘lishni orzu qilgan. Ammo umrbod tayanch zonasida to‘p surdi. 2001 – 2002 yillari nandrolon iste’mol qilgani uchun futboldan chetlatilgan. FIFA tomonidan rasman ko‘zoynakda o‘ynashi ruxsat berilgan yagona futbolchi.

Uning o‘yinlarini bizning avlod sog‘inadi. Sababi, Davids orqali surinamcha o‘ynaydigan niderlandlarni eslaymiz, boshqa takrorlanmagan “uchar gollandlar”ni xotirlaymiz.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 08:33, 13.03.2020.
O'qildi: 5848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик