Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

«Monako» hujumchisi 3ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

«Monako» hujumchisi 3ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

«Monako» hujumchisi Stevan Yovetich Fransiya chempionatining 28-turi doirasida «Nissa»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (1:2) maydondan chetlatilgan edi. Ushbu qoidabuzarlik uchun Fransiya professional ligasi tartib-intizom qo‘mitasi o‘yinchini 3ta o‘yinga chetlatish haqida qaror chiqardi.

Shu tariqa, Yovetich «Sent-Etyen», «Lill» va «Nant»ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi. Ammo bu o‘yinlar qachon o‘tkazilishi aniq emas. Boisi, Fransiya chempionati uchrashuvlari to‘xtatilishi mumkin. Avvalroq esa Liga 1 o‘yinlari 15 aprelga qadar tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi haqida xabar tarqalgan edi.

Yovetich ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 13ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. «Monako» 28 turdan so‘ng 40 ochko bilan jadvalda 9-o‘rinda bormoqda.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 11:23, 13.03.2020.
O'qildi: 2510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик