Xabaringiz bor, 3-10 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi lisenzion turnir bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun 7 ta lisenziya qo‘lga kiritdi. Shuningdek, erkaklar jamoasi 3 ta oltin va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bugun tunda “O‘zbek yo‘lbarslari” poytaxtimizga qaytib kelishdi. Yarim tun bo‘lishiga qaramasdan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida o‘tgan bokschilarimizni tantanali kutib olish marosimida Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston boks federasiyasi rahbariyati, OAV xodimlari, bokschilarimizning yaqinlari va ko‘p sonli muxlislar tashrif buyurishdi.
Musobaqada Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan bokschilarimiz ro‘yxati:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov
-51 kg: Tursunoy Rahimova
Musobaqada quyidagi bokschilarimiz shohsupaga ko‘tarildi:
Oltin medal:
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Bronza medal:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-91 kg: Sanjar Tursunov
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan bokschilarimizni muborakbod etib, ularga yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.