Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Xojimat Erkinov: “Tajribali futbolchilar o‘z so‘zini aytdi”

Xojimat Erkinov: “Tajribali futbolchilar o‘z so‘zini aytdi”

Baho:
+ | -

Bugun bo‘lib o‘tgan AGMK va “Bunyodkor” o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, olmaliqliklarning ikkinchi goli muallifi Xojimat Erkinovni suhbatga tortdik.

– Bugun siz maydonga tushguningizga qadar tashabbus “Bunyodkor” tarafida edi. Qosimov sizni maydonda qanday vazifa bilan tushurdi?

– Asosiy vazifam qarshi hujumdagi keskinlikni oshirishdan iborat edi. Mirjalol Qo‘shoqovich mendan qanot himoyachilarining hujumga chiqishi uchun markazdagi himoyachilarni chetga “tortishimni” so‘radi. Shuningdek, ikkinchi zonadan uchinchi zonagacha bo‘lgan hududda pressing uyushtirishim talab etildi.

– Bugun maydonning u qadar yaxshi emasligi sababli o‘yin yakka kurashlarga boy o‘tdi. Sezgan bo‘lsangiz, AGMK yuqorida ham pastda ham to‘p uchun kurashlarda ko‘proq ustunlik qildi. Bu raqibning jismoniy imkoniyati bilan bog‘liqmi?

– O‘ylashimcha jismonan “Bunyodkor” bizdan kuchsiz emas edi. Shunchaki, e’tibor bergan bo‘lsangiz, ularda asosan yoshlar harakat qilishdi. Bizda tajribali futbolchilar ko‘proq edi. Bu yakunda o‘z so‘zini aytdi. Boz ustiga bugun o‘z maydonimizda harakat qildik. Muxlislarning ham qo‘llab–quvvatlashi qo‘shimcha kuch bag‘ishladi deb o‘ylayman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:40, 13.03.2020.
O'qildi: 2968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик