Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Eriksson: «Men hech qachon Mourinyo kabi munosabatda bo‘lmaganman»

Eriksson: «Men hech qachon Mourinyo kabi munosabatda bo‘lmaganman»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Sven Yoran Eriksson "Tottenxem" hamda "Byornli" klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan Joze Mourinyoning harakatlariga munosabat bildirdi.

Joze Mourinyo matbuot anjumanida o‘yindan g‘azablarganini yashirmadi va jamoa futbolchisi Tangi Ndombeleni keskin tanqid qildi.

Eriksson esa bu intervyuni tomosha qildi va futbolchilar bilan bunday munosabatda gaplashib mumkin emasligini aytdi.

«Har bir murabbiyning o‘z uslubi bo‘ladi. Shaxsan men o‘z shogirdlarim bilan Mourinyo kabi munosabatda bo‘lmaganman. Misol uchun Tangiga bu salbiy ta’sir qilishini va u yo‘qolib qolishi mumkin. U kuchli futbolchi, shunchaki bugun uning kuni emasdi.

Tanqid haqli bo‘lishi kerak, lekin tanqidni omma oldida emas, yuzma yuz o‘tirib qilish kerak», — dedi Eriksson.

Kiritildi: 12:24, 14.03.2020.
O'qildi: 4438 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик