"Lasio" darvozaboni Tomas Strakoshaga "Tottenxem" va "Lester" qiziqish bildirganligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgach, "burgutlar" unga yangi shartnoma taklif qilishga qaror qilishdi, deb xabar beradi Calciomercato.
Darvozabonning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Shuningdek, klub Strakosha bilan bir qatorda Senadu Lulich va Marko Parologa ham yangi shartnoma taklif qilmoqchi.