«Buxoro» klubining ukrainalik himoyachisi Artyom Baranovskiy O‘zbekistondagi karantin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
— Klub o‘yinchilarni koronavirusga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdimi?
— Yo‘q, ushbu mamlakatga atigi bir oy oldin kelgan edim.
— Mahsulotlar yetishmovchiligi kuzatilyaptimi?
— Bunday holat yo‘q, do‘konlarda hamma narsa mavjud.
O‘zbekiston va Buxoro shahri haqida hozircha hech narsa deya olmayman. So‘nggi reys uchun chipta xarid qilishga ulgurdim va Ukrainaga uchib keldim, — dedi Baranovskiy.