Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Bir qarich ildamroq...»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Bir qarich ildamroq...»

Baho:
+ | -

Bugun 20 mart. Dunyo suygan ajoyib hujumchilardan biri Fernando Torresning tavallud kuni. U 36ga kirdi.

Odam ishongisi kelmaydi, El Ninyo shu yoshga kirib qo‘yganiga. Axir, yaqinda emasmidi Torres o‘zi sevgan “Atletiko” libosida la ligani yondirgan bahslar, “Liverpul” va “Chelsi” libosida APLni gullatgan damlar, yana Madridga qaytib umrbod ardoqlagan muxlislari bag‘rida “ikkinchi yoshligi”ni boshdan kechirgan onlari?! Yaqinda edi. Biroq,umr o‘tib boryapti, azizlar!

Torres eng omadli va eng sovrindor hujumchi, desak mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Uning baxti Ispaniyada tug‘ilgani, tug‘ilganida ham Raul davrida emas, “qizil furiya” uyg‘ongan davrda tug‘ilgani, faoliyatini har qanday yosh hujumchiga imkoniyat beradigan Madridning “Atletiko” jamoasida boshlagani, Angliyaga borib ham istalgan uslubga mos tushib ketavergani... bunaqa omadni topib ko‘ringchi!

Nazdimda, Torresning yulduzli oni baribir Yevro-2008 finali. Ispaniya osmonida porlab chiqqan yigit shu kecha birgina harakati bilan tarixga kirgan, birgina harakat... Uning Germaniya posbonidan bir qarich ilgariroq to‘pga yetib borishi natijasida, Ispaniya ko‘hna qit’a chempioniga aylana oldi. Tamom – shundan keyin “qizil furiya”ni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. Bir qarich ildamroq harakat qilishi natijasida tug‘ilgan maskanida yangi tarix yozdi.

Ikki yildan so‘ng jahonni zabt etgan o‘g‘lonlar navbatdagi Yevropa kubogini ham boshlari uzra ko‘tardilar. To‘g‘ri, JARdagi mundialda qahramonimiz jarohati tufayli u qadar yuksak o‘yin ko‘rsata olmagan bo‘lishi mumkin, lekin Ukrainadagi Yevro turnirida so‘nggi o‘yinda gol urib, tarix sahifalariga “qatorasiga ikki finalda gol urgan o‘yinchi” sifatida joylandi.

Torres zamonaviy Ispaniya futbolida yangi hujum asrini ochib bergan, desak mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Raul paytida Raulga o‘xshab nozik harakat qiladigan avlod o‘tmish qa’riga singib ketgach, buyog‘iga ispanlar aynan shu yigit timsolida tezkor hujum uslubiga ega bo‘lishdi. Bu esa qator musobaqalarda naf berganini ko‘rdik.

El Ninyo bugungi kunda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Murabbiy bo‘lishiga tilakdosh emasman. Hayronmisiz? Chunki Fernandoni raketa misol uchib ketayotgan hujumchi timsolida eslab qolgim keladi. Hujumchilardan kamdan kam sifatli murabbiylar chiqishini e’tiborga olsak, ajoyib reputasiyasini buzib ham qo‘yishi mumkin.

Axir, uni Madridda, Liverpulda va Londonda birdek yaxshi ko‘rishadi. Bu qadar jamlangan muhabbat boshqa hujumchiga nasib etmagan.

Xayrulla Hamidov.

P.S. El Ninyoning "Chelsi" tarkibida kiritgan gollari o‘nligi. Uncha omadli kechmagan jamoasida shunaqa gollar urgan bo‘lsa, "Atletiko"da nimalar qilib tashlagan ekan, a?! Ha endi "matraschilar" libosidagi gollarini izlab ko‘rib olasiz. Izlanish uchun ham imkon beraylik:)

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 07:09, 20.03.2020.
O'qildi: 4645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.