O‘zbekiston xokkey federasiyasining birinchi vise-prezidenti Bahodir G‘afurov O‘XF matbuot xizmatiga bergan intervyusida qabul qilingan qarorlar va hozirgi O‘zbekiston xokkeyidagi vaziyat haqida gapirdi.
— Hozirgi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatda O‘XF qaysi yo‘nalishda harakat qilishni joiz deb bilyapti?
— Biz virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha darajadagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Koronavirus inson hayotiga tahdid solishini bilar ekanmiz, respublikamizda va dunyoning boshqa mamlakatlarida qo‘llanilayotgan cheklov choralarini to‘liq tushunamiz, JSST va Sog‘liqni saqlash vazirligining barcha tavsiyalariga amal qilishga harakat qilamiz. Federasiya xodimlari "uydan" turib o‘zish faoliyatlarini olib borishmoqda.
— Boshqa davlatlar xokkey federasiyalari bilan maslahat qilindimi? Agar bu sir bo‘lmasa, umumiy yechim ishlab chiqilganmi yoki har kim o‘ziga maqbul bo‘lgan yo‘nalishda harakat qilyaptimi?
— Ayni paytda biz Rossiya xokkey federasiyasi va Oliy xokkey ligasi bilan yaqin aloqadamiz, chunki "Humo" XK VXL chempionatida o‘ynayapti. Boshqa federasiyalar bilan alohida alohida maslahatlashuvlar mavjud emas. Shunga qaramay, Federasiyamiz yoshligi tufayli, biz hali ham dunyo xokkey hayotiga chuqur qo‘shilmaganmiz. Ammo, biz so‘nggi ikki hafta ichida deyarli barcha mamlakatlarning federasiyasi va ligalari, barcha ichki va xalqaro chempionatlar va musobaqalarni to‘xtatib qo‘yishga yoki butunlay bekor qilishga qaror qilganlarini diqqat bilan kuzatdik. Aytishlaricha, yaqin vaqtda Xalqaro Xokkey Federasiyasi rasman Jahon chempionati-2020ning bekor qilinganini e’lon qilishi kerak.
— O‘zbekiston xokkeyining yetakchisi — "Humo" klubida vaziyat qanday?
— Jamoa mavsum davomida juda yaxshi ekanligini isbotladi, pley-off bosqichiga chiqish vazifasini bajardi va ko‘pgina xokkey muxlislarini hayratga solib, Liganing kuchli sakkizligiga kirib ikkinchi bosqichga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Petrov Kubogi chorak finalida jamoa muntazam mavsumdagi birinchi o‘rinni egallagan Moskvaning “Zvezda” jamoasiga qarshi 4 ta o‘yin o‘tkazdi — ma’lum sabablarga tufayli Voskresensk shahrida (Moskva) 2 ta uy o‘yinini tomashabinlarsiz.
17 martdan boshlab VXL rasmiy ravishda Petrov kubogini to‘xtatdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 24 martgacha. Hozirda "Humo" xokkeychilari murabbiylar shtabining qo‘shimcha ko‘rsatmalariga qadar o‘z uylarida.
Ta’kidlamoqchimanki, bizning xodimlarimiz, xokkeychilar va murabbiylarning hayoti va sog‘lig‘i, xavfsizligi biz uchun doimo ustuvor bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra, OXL chempionati davom ettiriladigan taqdirda, “Humo” jamoasi keyingi bosqichida qatnashish yoki qatnashmaslik haqidagi qarorimiz, klub rahbariyati va O‘XF tarafidan xokkeychilar, murabbiylar va jamoa xodimlarining sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xavfni baholash asosida qabul qilinadi. FXR va OXL rahbariyati, o‘z navbatida, tegishli qaror qabul qilishda ayni tamoyilga amal qilishiga shubha qilmayman.
— “Humo Arenada” shug‘ullanuvchi bolalar maktablari bo‘yicha vaziyat qanday?
— Shu haftaning boshidan boshlab bolalar xokkey maktablaridagi barcha mashg‘ulotlar bekor qilindi. Epidemiologik vaziyat normallashgunga va Respublika Hukumatining tegishli tushuntirish va ko‘rsatma hujjatlari chiqarilgunga qadar maktablar yopiq.
— Xokkey kelgusi mavsumda ham xuddi shunday tez sur’atlarda rivojlanib boraveradimi degan umid bormi? Yoki global vaziyat bu jarayonga ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi?
— Hozircha, biz mashg‘ulotlar va raqobat jarayonlari butunlay muzlatilgani sababli, vaqt yo‘qotishimiz aniq. Eng achinarlisi shundaki, bu vaziyat qancha vaqt davom etishini hech kim tushunmaydi. Ammo, vaziyatning jiddiyligiga qaramay, umidni yo‘qotmayman va eng yaxshisiga ishonaman. Tez orada hamma narsa o‘z joyiga tiklanadi deb umid qilaman.
Fursatdan foydalanib, barchaga sihat-salomatlik tilayman va bu xastalikka chalinganlar tezroq tuzalib oilalari bag‘riga tez fursatda qaytishlarini umid qilaman!