Yaqindagina “Energetik BGU” jamoasida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazgan Jasur Yaxshiboyev Rossiya va Belorussiyada mashxur bo‘lib ketdi. Mana bir necha kundan beri Belarus futbol muxlislari “Paxtakor” tarbiyaluvchisi haqida fikr almashmoqda. Quvonarlisi shundaki, taniqli “Tribuna.com” sayti ham hamyurtimizning omadli debyuti haqida “Yosh o‘zbek barchasini a’lo darajada boshladi” nomli maqola e’lon qildi. Ushbu maqolani e’tiboringizga havola etamiz.
BATEga qarshi uchrashuvda qo‘lga kiritilgang‘alabada “Paxtakor”dan ijaraga olingan Yaxshiboyevning hizmatlari katta. 22 yoshli o‘zbekning Belorussiyadagi debyuti kishini quvontirmay qo‘ymaydi. U kiritgan birinchi golda barchasini David Tve boshlab berdi va to‘pni o‘zbek futbolchisiga yetkazdi. Himoyachi Zahar Valkov qulayroq pozitsiyani egallaganiga qaramay, Jasur undan osonlik bilan o‘tib ketdi va yo‘l-yo‘lakay Anton Chichkanni ham dog‘da qoldirib bo‘sh qolgan darvozani ham ishg‘ol qildi.
Oradan 8 daqiqa o‘tib 22 yoshli futbolchi uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi. Junior Atemeng yana o‘sha Zahar Valkovni chalg‘itgan bo‘lsa, Yaxshiboyev qulay vaziyatni golga aylantirdi va jamoasining g‘alaba qozonishi uchun ulkan imkoniyat taqdim etdi. Ochig‘i“Energetik” jamoasi legionerining starti kishini quvontirmay qo‘ymaydi. U Ilya Shukurindan ham yaxshiroq taassurot qoldirgani rost. O‘tgan mavsumda to‘purar bo‘lgan futbolchi faqat 6-turga kelibgina o‘zining ilk golini kiritgan edi. Bundan tashqari, Ilya BATEga qarshi uchrashuvlarda to‘liq yo‘qolib qolgan va jamoa ham o‘z-o‘zidan borisovliklarga yirik(0:4) hisobda yengilgan edi. Yaxshiboyev esa birinchi bo‘limning o‘zidayoq xet-trik egasi bo‘lishi mumkin edi.
O‘zbekistonlik futbolchining ko‘zga tashlanib turgan ustunliklariga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. U katta tezlik egasi bo‘libgina qolmay, himoyachilarni aldab o‘tishdan sira cho‘chimaydi. Dribbling ish bermasa(bunday holat juda kam kuzatiladi) darrov to‘p uchun kurashga kirishib ketadi. Uning to‘pni yo‘qotib qo‘yganidan so‘ng Dmitriy Besmertniy bilan kurashga kirishishiga e’tibor qarating. Tanasi bilan kurashda g‘olib chiqmoqda va jamoasi uchun “yumshoq” pas evaziga vaziyat yaratmoqda. Shu o‘rinda o‘zbekistondan shunday iqtidorni jamoaga olib kelishni uddalgan Anatoliy Yurivechning nishonga aniq urganini alohida qayd etib o‘tish joiz.
Jasur yosh bo‘lishiga qaramay, katta futbolda o‘zining beshinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Qahramonimiz o‘tgan mavsumga qadar “Paxtakor”da harakat qilgan. 2018-yilda u jamoaning asosiy tarkib futbolchisi edi, biroq 2019-yilda uning imkoniyatlari kamayib ketgani uchun ijaraga “AGMK” klubiga berishdi. Fevral oyida esa, “Paxtakor” o‘z futbolchisini “Energetik”ka ijara asosida jo‘natdi. Katta ehtimol bilan o‘zbekistonlik futbolchi 23 yoshga bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida belarussiyaliklar e’tiborini tortgan bo‘lsa, ajab emas. Sababi, o‘sha musobaqada Jasur jamoasi bilan yarim finalga qadar yetib kelgan edi. Ushbu videoda uning osonlik bilan chorak final uchrashuvda gol kiritgani (1:30) aks etgan.