Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Jasur Yaxshiboyev: «Shota Arveladze bilan kelisha olmadik»

Jasur Yaxshiboyev: «Shota Arveladze bilan kelisha olmadik»

Baho:
+ | -

Belarusning taniqli “Pressball” nashri hamyurtimiz – Jasur Yaxshiboyev bilan intervyu uyushtirdi. Belarus Oliy ligasining ilk turida shov-shuv ko‘targan Jasurbek Yaxshiboyev muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi.

— Siz Chinozda tavallud topgan ekansiz. Qanday qilib futbol klubi bo‘lmagan shaharda tug‘ilib, futbolchi bo‘ldingiz?

— Darhaqiqat, u yerda jamoa yo‘q, biroq doimo “Paxtakor”ga muxlislik qilganman. Men tug‘ilgan Chinoz shahri Toshkentdan atigi 60 km uzoqlikda joylashgan. Men va oilam doimo yozni Toshkentda o‘tkazganmiz. Futbol sir-asrorlarini ham aynan “Paxtkor” jamoasi akademiyasida olganman. Mashg‘ulotlarga qatnashish uchun hamisha tongda “elektrichka”ga o‘tirar edim va tunda yana shu transportda uyga qaytib kelar edim. Bu bir kunda 3 soat vaqtim yo‘lda o‘tib ketgan. Kattaroq bo‘lgunimga qadar buvim meni mashg‘ulotlarga o‘zlari olib borganlar. 7-sinfga o‘tgach, Toshkentga ko‘chib ketdim va “Paxtakor” internatida o‘qishni boshladim.

— Belarusga qanday kelib qoldingiz?

— O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini AGMK safida o‘tkazdim. U yerda men singari “Energetik”ka o‘tgan Shahboz Umarov bilan birga to‘p surdik. Ochig‘i O‘zbekistonda to‘p surishni o‘zim istamadim. Yevropaga ketish kerakligini anglaganim bois Belarusyaga keldim. Agentim menga: “Bir buva bor! U sendan chinakam futbolchini yasashga qodir. U sen bilan ishlaydi va jismonan baquvvat futbolchiga aylantiradi”, — dedi. Aslida, Janubiy Koreyaga ketish varianti ham mavjud edi. U yerda 2018-yilda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan jamoadoshlarimning bir nechtasi to‘p surmoqda. Men atayin ularning chaqiruvlariga rad javobini berdim va Yevropaga ketish variantini tanladim. Nima bo‘lgan taqdirda ham bu boshqa darajadagi chempionat!

— Ko‘rinib turibdi-ki, siz yaxshi futbolchisiz. Nima uchun “Paxtakor”da qolmadingiz?

— “Paxtakor” bosh murabbiyi bilan kelisha olmadik. Ayni damda jamoani Shota Arveladze boshqarib kelmoqda. U o‘z davrida juda mashhur futbolchi bo‘lgan. “Ayaks” safida ajoyib faoliyat olib borgan. Afsuski, meni juda kam maydonga tushirar edi. Arveladze ko‘pincha o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganidagina meni maydonga tushirishni boshlagach, AGMKga o‘tib ketdim. Ha aytgancha, u jamoada ham o‘tmishda juda mashhur futbolchi bo‘lgan Mirjalol Qosimov murabbiylik qiladi.

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘alaba qozonish qanchalar yoqimli?

— Umuman o‘zgacha hislar! O‘zbekiston chempionatida to‘p surish bilan O‘zbekiston sharafini himoya qilishning farqi juda katta.

—  Qachon so‘nggi bor dubl qayd etgan edingiz?

— Aynan Xitoyda bo‘lgan musobaqaning chorak finalida ikkita gol kiritgan edim. Raqibimiz Yaponiya edi. Biz ularni 4:0 hisobida mag‘lub etdik. Keyin qo‘shimcha bo‘limlarda Janubiy Koreyani musobaqadan chiqarib yubordik. To‘g‘ri, ular safida Son Xyong Min yo‘q edi, biroq u bilan ham Osiyo o‘yinlarida maydonda to‘qnash kelganman.

Vladimir Ivanovich Belyavskiy sizni butun Osiyoda yaxshi tanishlarini aytdi?!

— O‘ylashimcha ham shunday bo‘lsa kerak. Ko‘chada tanib qolishlari odatiy holga aylangan.

Sizning Belarusdagi debyutingiz ajoyib chiqdi. BATE darvozasiga ikkita gol! Taassurotlar qanday?

- BATE kuchli jamoa. Men ularning Chempionlar ligasidagi o‘yinlarini kuzatganman. Anchadan beri bunday kuchli jamoaga qarshi to‘p surishni xohlayotgan edim. Qiyin bo‘ladi deb o‘ylagan edim. Shunday ham bo‘lib chiqdi. Shunday bo‘lsada, BATE bor imkoniyatlarini namoyish eta olmagandek tuyuldi. Ular negadir 100 foiz kuch bilan harakat qila olishmadi. Chempionatimizdagi grand jamoani mag‘lub etdik. Bu bizni jangovar ruhimizni ko‘tardi va yangidan yangi g‘alabalar uchun ilhomlantirdi. Endi istalgan jamoani yegishga qodir ekanligimizni anglab yetdik.

- Sizning familiyangiz qanday o‘qiladi?

- Mana pasportimda inglizcha Yakhshiboyev deb yozilgan, biroq o‘qilishi Yaxshiboyev bo‘ladi.

Manba: www.pressball.by

Орзуга айб йўқ, ажабмас вақти келиб "Реал Мадрид" ҳақиқатан ҳам Яхшибоевга қизиқиш билдириб, уни "Сантьяго Бернабеу"га олиб кетса...

Kiritildi: 01:18, 24.03.2020.
O'qildi: 9600 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.