Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Everton” transfer oynasini portlatmoqchi

 

Angliyaning “Everton” klubi yozda “Napoli”ning ikki futbolchisini APLga olib kelishni rejalashtirmoqda. Jamoa “Napoli” klubi futbolchilari Kulibali va Allanlarning transferi borasida harakatlarni boshlab yuborgan.

“LGDS” nashri bergan xabarlara qaraganda, bu transferlarni shaxsan Karlo Anchelottining o‘zi amalga oshirishni istamoqda. Manba bergan xabarga qaraganda, “irislar” ikki futbolchi uchun 100 million yevrodan voz kechishga tayyorligini rasman ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kulibali uchun kurash so‘nggi kunlarda katta jadalik bilan avj olmoqda. Senegallik himoyachini qo‘lga kiritishni PSJ va “Yuventus” klublari ham istamoqda.

“Tottenhem” “Real” futbolchisiga ko‘z tikdi

 

Angliyaning “Tottenhem” jamoasi yozda Eder Militaoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haiqda taniqli “SkySport” nashri ma’lum qilmqoda.

22 yoshli brazliyalik futbolchini shaxsan Joze Mourinyo Londonga olib kelmoqchi. Futbolchining o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. Sababi, u Madridda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Tottenhem” Militaoni Tobi Alderveyrelning o‘rnini egallashi uchun harid qilmoqchi. “Real” o‘z futbolchisini 40 milliondan kamiga sotmoqchi emas.

“Chelsi” Reysni nishonga oldi

 

“Vest Hem” jamoasi yarim himoyachisi Deklan Reys Londonning “Chelsi” klubi nishonida turibdi. 21 yoshli ingliz futbolchisi yozda “aristokratlar” safiga o‘tishga yaqin turibdi.

Futbolchining “bolg‘achilar” bilan tuzgan shartnomasi yana 4 yil davom etadi. Shu sababli, “Chelsi” Deklan uchun katta summa to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, yarim himoyachi “Manchester Yunayted” nishonida ham turibdi.

Transfermerket portali Deklanni 55 million yevroga baholamoqda. Futbolchining o‘zi ham yozda jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

Mario qayerga ketadi?

 

Germaniyaning “Borussiya Dortmund” jamoasi yarim himoyachisi Mario Getseyozda erkin agent maqomini qo‘lga kiritishidan xabaringiz bor. Taniqli “Bild” nashri bergan xabarlarga qaraganda, nemis futbolchisi uchun kurashga Italiyaning “Inter”, “Yuventus” va “Milan” jamoalari qiziqqib qolgan.

Hozircha futbolchining o‘zi kelajagi borasida hali aniq qaror bir qabul qilgani yo‘q. Shunday bo‘lsada, unga turli grand klublardan takliflar tushishda davom etmoqda.

“Yuventus” yangi hujumchi izlamoqda

 

Turinning “Yuventus” klubi yozda yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda. “LeGazzetaDellaSport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, klub nishonida “Manchester Siti” hujumchisi Gabriyel Jezuz turbid.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, katta ehtimol bilan mavsum so‘nggida Ronaldu va Iguain jamoani tark etishi kutilmqoda. Shu sababli, klub Jezuzni “zebra”larning yangi yetakchisiga aylantirmoqchi.

Ushbu transfer amalga oshishiga omillar mavjud. “Shaxarliklar” tez orada Erling Holand transferi uchun harakatlarni boshlab yuboradi. O‘zi shundoq ham Aguyeroning soyasida qolib ketayotgan hujumchi uchun 3-forvord bo‘lish hush kelmasligi aniq.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:54, 25.03.2020.
O'qildi: 8391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.