Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

O‘zbekistonda sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlari vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlari vaqtincha to‘xtatildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni kunlarda dunyo bo‘ylab keng tarqalib borayotgan va insoniyat salomatligiga katta xavf tug‘dirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham kirib keldi. Shu munosabat bilan, 2020 yil 16 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha ta’lim va sport muassasalari noma’lum muddatga yopildi. Shu bilan birga, mamlakatimiz hududida o‘tkaziladigan barcha sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari va kuboklari hamda boshqa ichki musobaqalar ham noma’lum muddatga qoldirildi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan Tokio-2020 Olimpiadasini 2021 yilda o‘tkazish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng Olimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolari uchun tashkil etiladigan barcha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari rasman 25 martdan vaqtincha to‘xtatildi.

Bungacha mamlakat terma jamoalari a’zolarining XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun ularga biriktirilgan sport bazalarida rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etilgan edi.

Lisenzion musobaqalarning sanalari aniq bo‘lgunga qadar milliy terma jamoa a’zolari o‘z uylarida individual reja asosida mashg‘ulotlarni murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan kunlik tayyorgarlik rejalari asosida olib boradilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Tezkor shtab” Milliy terma jamoa sportchilarining individual reja asosida kunlik mashg‘ulot o‘tkazishlarini doimiy tarzda monitoring qilib boradi.

Bundan tashqari Milliy terma jamoa bosh murabbiylari tomonidan masofali mashg‘ulotlar onlayn tarzda olib boriladi hamda vaziyatdan kelib chiqqan holda sportchilarni individual holatiga qarab kerakli maslahatlar berib borilishi ta’minlanadi.

Ma’lumot uchun: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” telekanali bilan hamkorlikda karantin davrida sog‘lom turmush tarziga amal qilgan holda sport bilan shug‘ullanib turish borasida aholi uchun tavsiya shaklida maxsus teledasturlar tayyorlanib efirga uzatilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, sport trenerlari ishtirokida uy sharoitida qay tarzda mashg‘ulotlar olib borish bo‘yicha maslahatlar aks etgan 10 daqiqalik videodarslar “Sport TV” telekanali orqali har kuni namoyish etib borilayapti.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 22:56, 25.03.2020.
O'qildi: 1913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик