Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Koronavirus ta’sir o‘tkazmaganchempionatlar

Koronavirus ta’sir o‘tkazmaganchempionatlar

Baho:
+1 | -

Koronavirus pandemiyasi deyarli barcha futbol musobaqalarini safdan chiqargan bo‘lsa-da, ayrim mamlakatlarda futbol “jon saqlab” turibdi. Stadion.uz ushbu chempionatlar bilan tanishtirib o‘tadi.

Belarus

Hamyuritmiz Jasur Yaxshiboyevning debyuti barchamizning xursand qilgani rost. E’tiborlisi shundaki, Yevropa davlatlaridan faqat Belarusgina futbolni saqlab qolishga qaror qildi. Qolgan barcha Yevropa davlatlari virus sababli nafaqat futbol, balki barcha sport musobaqalarini to‘xtatdi. Shu yo‘sinda, belorusslar barcha Yevropalik muxlislarni o‘z chempionatiga qaratdi. Hozircha, bu musobaqa qancha davom ettirilishi nomalumligicha qolmoqda. Shunga qaramay, futbolni sog‘inganlarning barchasi Belarus chempionatini sevib tomosha qilayotgani ham bor gap.

Angola

Angolada musobaqa yakunlanishiga atigi beshta tur qolgani bois, mamlakat futbol federasiyasi qizg‘in o‘tayotgan musobaqa g‘olibini aniqlashga qaror qildi. Chempion nomi ma’lum bo‘lgach, Angolada ham futbol noma’lum muddatga tanaffusga chiqadi. Bugungi kunda chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Petro De Lauda” va “1-avgust” klublari o‘rtasidagi keskinlik borligi bois, chempionat to‘xtatilmadi.

Burundi

Bu yerda ham Angoladagi holat. Musobaqa yakunlanishiga oz fursat qolgani bois, futbol to‘xtatilganicha yo‘q. Shu o‘rinda, bu davlatda hali birorta koronavirus aniqlanmaganini ham alohida qayd etib o‘tish joiz. Afsuski, bu davlatda koronavirusdan ham kattaroq muammolar bor. Shu sababali, dunyoning eng kambag‘al davlatlaridan birida futbolni to‘xtatish hech kimning xayoliga ham kelmadi. 4 ta turdan so‘ng “Le Mesajjer” yoki “Musongati” klublaridan biri champion bo‘lishi mumkin. Hozircha ularda bir xil ochko ekanligini e’tiborga molik.

Myanma

Virus tarqalgan qit’a bo‘lgani bois, aynan Osiyo birinchilardan bo‘lib barcha futbol musobaqalarni to‘xtatgan. Shunga qaramay, Myanma bundan mustasno. Xitoyga yaqin joylashganiga qaramay, Myanmada chempionat to‘xtatilmadi. Musobaqa avjida bo‘lgani bois, uni to‘xtatmaslikka qaror qilishdi. Eng qizig‘i shundaki, o‘yinlar muxlislar to‘la stadionlarda o‘tkazilmoqda.

Singapur

Bu yerda vaziyat ancha bahsli. Ushbu ro‘yxatdagi eng muoliyaviy baquvvat davlat bo‘lgani bois, mahalliy xalqning sog‘lig‘i birinchi o‘ringa ko‘tarilishi turgan gap. Ushbu yurtda virusni 600 kishi yuqtirib olishga ulgurdi. Mahalliy chempionat,shunga qaramay,o‘z uchrashuvlarini to‘xtatishni istamayapti. Singapurda ham chempionat endigina start oldi va uni hech kim to‘xtatishni istamayapti. To‘g‘ri, uchrashuvlar bo‘sh stadionlarda o‘tkazilmoqda, futbolchilar o‘yinlardan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda va yana boshqa choralar ko‘rilmoqda, biroq tavakkal qilishga ichki chempionat o‘yinlari arziydimi? Mana bahsli vaziyatning asl negizi nimada?!

Nikaragua

 

Amerika qit’asidan faqat Nikaraguagina futbolni to‘xtatgani yo‘q. Bu kichik davlatda ham virus aniqlanganiga 1 oydan oshib ketdi, biroq davlat hokimiyati hali keskin choralar ko‘rgani yo‘q. Aslida, mahalliy futbol federasiyasi barcha uchrashuvlarni bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi, biroq ular quyi divizionlarnigina tasarruf etishga qodir. Elita esa, o‘z-o‘zini boshqaradi. Mahalliy Nikaragua hokimiyatibarcha futbol uchrashuvlarni bekor qilishni iltimos qilgan bo‘lsa-da, chempionat homiylari barchasi qizg‘in pallaga kirganida tempni yo‘qotishni istamayapti. Boshqacharoq qilib aytganda, katta pullardan quruq qolmoqchi emas. Hozircha, ushbu yurtda koronavirus bilan og‘riganlarning soni barmoq bilan sanagulik chiqadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:46, 27.03.2020.
O'qildi: 9039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.