Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Habib va Toni jangi 18 aprelda bo‘ladimi? Dana Uayt javob berdi

Habib va Toni jangi 18 aprelda bo‘ladimi? Dana Uayt javob berdi

Baho:
+ | -

UFC prezidenti va asosichisi Dana Uayt barcha intiqlik bilan kutayotgan Toni Ferguyuson va Habib Nurmagamedov o‘rtasidagi jang va “UFC 249” kechasi haqida ESPNnashri uchun intervyu berib o‘tdi.

 

- UFC249” kechasiga mezbonlik qiladigan davlat nomi hali aniq bo‘lganicha yo‘q. Bu borada yangiliklar bormi?

- Aslida jangni Oklaxomada o‘tkazish rejamizda bor edi.  Biz mamlakat bir yerga 5 mingdan ortiq muxlis jamlanmasligini talab qilganida ham o‘z fikrimizdan qaytganimiz yo‘q. Keyin esa, bu son 10 taga o‘zgargach, biz ham o‘z fikrimizini o‘zgaritishga majbur bo‘ldik. Shunga qaramay, 18 aprel sanasidagi Toni va Habib to‘qnashuvi hali-hamon kuchda. Bu jang bo‘lib o‘tadi!

 

- Ho‘sh, bu jang qanday ko‘rinish oladi?

- Biz barcha shartlarga rioya qilishga harakat qilamiz. O‘sha oqshom oktagondagilarni hisobga olganda ham 10 tadan ortiq inson arenaga kiritlmaydi. Balki aprel oyida vaziyat biroz yumshar, biroq nima bo‘lan taqdirda ham bu jang bo‘lib o‘tishi aniq. Kerak bo‘lsa, muxlislarsiz ham bu jangni tashkillashtirishga qaror qilganmiz. Nima qilib bo‘lsada, jangchilarni oktagonda uchrashtiramiz. Kerak bo‘lsa, AQSHdan tashqarida bo‘lsa ham jangni o‘tkazamiz.

- Bu quvonarli holat, biroq butun dunyoda koronavirus bilan muammolar paydo bo‘layotgan bir paytda, qanday qilib jangni o‘tkazish haqida bosh qotirish mumkin?

- Bu bizning ishimiz. Mening vazifam har hafta sifatli janglarni uyushtirishdan iborat. Jangchilar raqiblari bilan oktagonga chiqish ishtiyoqida yonmoqda, muxlislar esa sifatli to‘qnashuv uchun hamma narsaga tayyor. So‘nggi kunlarda men ijtimoiy tarmoqlardan faqat ijobiy xabarlar olyapman. Deyarli butun AQSH meni qo‘llab-quvvatlamoqda. Barcha bu proyektning davom etishini istamoqda. Biz ham bu jang borasida ish olib borishdan to‘xtaganimiz yo‘q. To‘g‘ri, ayrim sport mediya saytlari bizning rejalarimizni qoralab chiqdi, biroq barchaning o‘z qarashlari mavjud. Biz oldinga qadam tashlashimiz lozim. Toni va Habib o‘rtasidagi jang ham kelishilgan muddatda bo‘lib o‘tadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:20, 28.03.2020.
O'qildi: 6364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.