Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Rahmatullo Berdimurodov: «Surxon»da surxondaryolik futbolchilar ko‘proq bo‘lishi kerak degan fikrga qo‘shilaman»

Rahmatullo Berdimurodov: «Surxon»da surxondaryolik futbolchilar ko‘proq bo‘lishi kerak degan fikrga qo‘shilaman»

Baho:
+ | -

«Surxon» klubi himoyachisi Rahmatullo Berdimurodov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Futbolchilik faoliyatingizni qachon boshlagansiz?
— 2004 yilda ilk shartnomamni "Paxtakor" jamoasi bilan tuzganman. Umuman "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisiman desam adashmagan bo‘laman.

— Sizni "Surxon" jamoasiga aynan kim taklif qilgan?
— "Buxoro" jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etib yurganimda "Surxon" klubi murabbiyi Vladimir Andreev menga qo‘ng‘iroq qilib, "Surxon" jamoasiga taklif qildi. Taklifdan xursand bo‘ldim.

— Futboldan ko‘nglingiz qolgan payt bo‘lganmi?
— Ha, bo‘lgan. "AGMK" safida to‘p surganimda yelkamdan jiddiy jarohat olganman. Shundan so‘ng, futboldan biroz ko‘nglim qolgan. Boshqa futbolga qayta olmasam kerak deb o‘ylaganman. Xudoga shukr hammasi ortda qoldi.

— Futboldagi eng yaqin do‘stingiz kim?
— Futbolda do‘stlarim ko‘p. Eng yaqin do‘stim, o‘z vaqtida "Buxoro" jamoasida to‘p surgan darvozabon Xurshid Xo‘jayevdir.

— "Surxon" jamoasida Surxondaryolik futbolchilar kam degan fikrlarni ko‘p eshitamiz. Siz tajribali futbolchi sifatida bunga qanday baho berasiz?
— To‘g‘ri, bu gapga qo‘shilaman. Surxondaryolik futbolchilar jamoada ko‘p bo‘lishi kerak. Vaqti kelib shunday bo‘lishiga umid qilaman.

— Futbol ko‘proq murabbiyga ham bog‘liq deydi. Sizni bunga fikringiz qanday?
— To‘g‘ri, murabbiysiz yutishni iloji yo‘q. Murabbiy bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Agar biz uni yaxshi bajarsak, yutish imkoniyati ko‘p bo‘ladi.

— Hayotda og‘ir va bosiq insonsiz. Oxirgi marta qachon futbol o‘yinida jaxlingiz chiqqani eslay olasizmi?
— To‘g‘ri, hayotda og‘ir va bosiq bo‘lganim bilan, o‘yinlarda o‘zimni jilovlay olishim qiyin bo‘layapti. Agar mag‘lub bo‘lsak jaxlim chiqadi va kamida 2 kunlab o‘zimga kelolmay yuraman. Mag‘lubiyatni ko‘p yurakka olaman. Bilaman, bu sog‘lik uchun zarar. Lekin yutqazsangiz birinchi o‘rinda ko‘z oldingizga muxlislar keladi.

— Hech "Surxon" jamoasida to‘p suraman deb o‘ylaganmisiz?
— To‘g‘risini aytsam, hech ham o‘ylamagan ekanman. Lekin o‘z tug‘ilib o‘sgan viloyatimda futbolchilik faoliyatimni tugatishni orzu qilaman. Xudoga shukr, mana uzoq tanaffusdan so‘ng, o‘zimizning ham ajoyib jamoamiz bor.

— "Surxon" jamoasining 2020 yilgi mavsumda omadsiz o‘yinlariga nima sabab bo‘lmoqda?
— O‘yinimiz chiqmadi, buni tan olaman. Hali hammasi oldinda. Shu furstdan foydalanib, uydagi ikki mag‘lubiyat uchun "Surxon" jamoasi muhlislaridan uzr so‘rayman. Chiroyli o‘yinlar va g‘alabalar bilan ularni hursand qilamiz.

— Qaysi murabbiyning o‘yin va taktik uslublari sizga ko‘proq yoqadi?
— Men murabbiy tanlamayman va ishlagan murabbiylarimni hammasini hurmat qilaman. Har doim murabbiylar ko‘rsatmasini vijdonan bajarganman. Barcha murabbiylarimga rahmat aytaman. Har bir futbolchi o‘z o‘yiniga ko‘proq e’tibor qilishi va murabbiy topshirig‘ini bajarishga harakat qilishi kerak.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 15:10, 29.03.2020.
O'qildi: 3100 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.