Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Rummenigge: «Gyotse Angliyaga o‘tgani ma’qul»

Rummenigge: «Gyotse Angliyaga o‘tgani ma’qul»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi direktorlar kengashi raisi Karl-Xayns Rummeniggening fikricha, Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mario Gyotse faoliyatini Angliyada davom ettirishga qodir.

«O‘ylashimcha, Gyotse «Vest Xem» yoki «Everton» klubiga o‘tsa arziydi. Ehtimol, unga Italiyaning biror bir o‘rtamiyona klubi ham to‘g‘ri kelar, lekin yaxshisi Angliyaga ketgani ma’qul. Men hozir top klublar haqida gapirmayapman, chunki Mario yana top klublarda yo‘qolib qolishi mumkin.

Bundesligada Gyotse «Bayer» yoki «Borussiya» (Myonxengladbax) klublarida ham o‘ynab ketadi oladi. U o‘z o‘yinini boshqarishi uchun bosimdan halos bo‘lishi kerak.

Men o‘z ma’ruzalarimda Mario Gyotsening 2014 yilgi Jahon chempionatining finalida urgan golini tez-tez eslab turaman. Men u haqida ham xursand bo‘laman, ham qayg‘uraman. O‘sha goldan keyin hissiyotlarini eslayman, lekin ayni paytda Gyotsening o‘sha paytdagi formasida emasligini tushunaman», — dedi Rummenigge.

Kiritildi: 00:25, 30.03.2020.
O'qildi: 2978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик