Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

APL ishqibozlari uchun! O‘z qahramoningizni tanlang

APL ishqibozlari uchun! O‘z qahramoningizni tanlang

Baho:
+ | -

Stadion.uz yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, APLning eng yaxshilarini aniqladi. Bugun ushbu mavsumning ayrim kriteriyalari borasida yetakchilari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Eng kuchli texnika egasi

Omadli aldab o‘tish borasida “Vulverhempton” jamoasi futbolchisi – Adam Traore yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv olishga yaqin turgan vinger naqd 145 bor raqiblarini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinda (136) “Kristal Pelas” hujumchisi Uilfrid Zaa bormoqda. Bu yigitlardan keyingi o‘rinda borayotgan birorta futbolchi hech yo‘g‘i 100 bor foydali dribling ishlatmagan.

Shuningdek, bu mavsumda Sen-Maksimen, Buendiyava Kovachichham texnik tomondan yetuk futbolchi ekanliklarini isbotlab qo‘yishdi.

Quruq o‘yinlar borasida tengsiz

Barcha bu borada Alissonning birinchi o‘rinda bo‘lishini kutgan bo‘lsa, ajab emas. U bu mavsumda jarohati sababli APLning atigi 20 ta uchrashuvida maydonga tushdi xolos. Quruq o‘yinlar borasida “Byornli” posboni Nik Poup birinchi o‘rinda bormoqda. 11ta uchrashuvda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmagan Nik bu ko‘rsatkich borasida kuchli beshlik jamoalari orasida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Nikdan so‘ng, bu mavsum qahramonlaridan biri Din Henderson («Sheffild Yunayted»)ni ham alohida e’tirof etish (10 ta quruq uchrashuv) joiz. Buyigitlar APLning o‘rtamiyona jamoasida harakat qilsa-da, shu natijani qayd etgani tahsinga sazovor. Quruq o‘yin o‘tkazish borasida himoyachilardan Virjil yaqqol yetakchi. U maydonga tushgan 12 ta uchrashuvda “Liverpul” o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormagan.

Eng yaxshi pleymeyker

Ochig‘i,ancha bahsli vaziyat yuzaga kelmqoda. Sezganingizdek, Kevin de Bryuyneva Trent Aleksandr-Arnolddan qay birini alohida ko‘rsatishga boshimiz qotib qolgan. Kevin Tyeri Anri o‘rnatgan rekordni (bir mavsum davomida 20 ta assist) yangilash bilan band. Buning uchun undan yana 5 aniq uzatma talab etiladi. Undan keyingi o‘rinda borayotgan Trendda 12 ta super uzatma mavjud. Shu o‘rinda himoyachi bo‘la turib hujumda faollik ko‘rsatgan Arnoldga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Ulardan keyingi o‘rinda borayotgan Riyod Mahrezda 8ta assist bo‘lsa, Adama, Son, Mane, Firmino, Robertson va David Silvada bu ko‘rsatkich 7ga teng

Zarba, qo‘pollik va konveyrlar

Eng qo‘pol futbolchi qaysi kriteriyalar orqali aniqlanadi? Masalan, “Chelsi” tayanch yarim himoyachisi Jorjinoda 10 ta sariq kartochka mavjud. “Uotfurd” himoyachisi Kabasale hisobida 2 ta qizil kartochka bor.

Himoyadan boshlangan hujumlar borasida kutilganidek Virjil yetakchi. Van Deykhozirning o‘zida 2478 uzatmani amalga oshirgan bo‘lib, ularning 89,8 foizi manzilga aniq yetib borgan.

Qutqaruvchilar borasida so‘z ketar ekan, “Nyukasl” darvozaboni Dubravkaning qahramonliklarini unutmaslik lozim. Slovak bu mavsumda naqd 117ta seyvni amalga oshirdi. Ikkinchi o‘rindagi Bert Lenoda 104 ta seyv mavjud. Zarba yo‘llash borasida Raul Himenes 99 ta urinish bilan birinchi pog‘onada ketmoqda. Ikkinchi o‘rinda Salah 98 ta zarbasi bilan borayotgan bo‘lsa, Firmino kuchli uchlikni 87ta zarba bilan yakunlab bermoqda. Ximenes 99 ta zarba bilan hammadan oldin bo‘lishi mumkin, biroq darvozaga aniq yo‘llangan zarbalar borasida Muhammad Salah barchadan (43 ta aniq zarba) oldinda. To‘p uchun kurashda kutilmaganda “Lester” himoyachisi Rikardo Pereyra (118 bor to‘p uchun kurashda g‘olib chiqqan) birinchi o‘rinda bormoqda. Van Bissaka va Ndidiham bu ko‘rsatkich borasida kuchli uchlikdan joy olishdi.

Golyeadorlik qobiliyati

Qahramonlar juda ko‘p, biroq APLda 19 ta gol kiritgan Jeymi Vardini alohida qayd etib o‘tish joiz. Shuningdek, “Arsenal”ning 40 ta golidan 17 tasiga mualliflik qilgan Obameyang ham chakki mavsum o‘tkazmayapti. Shuningdek, “Sautgempton” hujumchisi Ins borasida ham iliq so‘zlar aytishimiz mumkin. Yosh va iqtidorli futbolchi mavsum davomida 15 bor nishonni to‘g‘ri olgan.

Ya . U

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:17, 30.03.2020.
O'qildi: 3936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.