Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

"Real"dan yozda kimlar ketadi-yu, kimlar keladi

"Real"dan yozda kimlar ketadi-yu, kimlar keladi

Baho:
+ | -

Stadion.uz “Real Madrid” ko‘z tikkan futbolchilar va yozda klubdan ketishi kerak bo‘lganlar bilan tanishtirib o‘tadi.

Jamoada kim ortiqcha?

Aslida, jamoaga yangi futbolchini jalb etishdan avval keraksiz futbolchilarni sotib yuborish talab etiladi. Bu futbolning yozilmagani qonuni ekanligini hech kimga sir emas.  Boz ustiga. Koronavirus mash-mashalaridan so‘ng, grand jamoalar byujetdagi pullarni qayta-qayta sanashga tushib ketdi.

Yulduzlarni bir tom ostida yig‘ish qanchalar qimmatga tushishini inobatga olsak, endilikda “Real Madrid” ham transfer oynasida faol bo‘lishdan boshqa chorasi yo‘q.  Endilikda “Real” “golfchi” Beyl, abadiy zahira futbolchisi Mariano Diaz, keraksiz Hames Rodriges va Lukas Vaskeslarni sotishdan boshqa chorasi yo‘q.

AS nashri bergan xabarlarga qaraganda “qirollik klubi” yozda Luka Modrich, Marselo, Nacho, Brahim Diazlarni ham sotuvga qo‘yishi kutilmoqda. Mana buni endi katta mashtabdagi qayta qurush desak, adashmagan bo‘lamiz. Shunindek, Luka Yovichni ham bu ro‘yxatga qo‘shsak, kelasi mavsumda “Real Madrid”ning ko‘rinishi butkul o‘zgarib ketishi aniq.

Ijaradan qaytadiganlarning kelajagi qanday?

Madrid klubining ijaradagi futbolchilari ko‘zni qamashtiradi. Edegor, Xakimi, Odriosola, Regilon, Sebalyos, Kubo, Lunin  va boshqalar. Hakimi va Edeogorlar allaqachon Madridga qaytish niyatida ekanligini rasman e’lon qilib bo‘ldi. Regilon esa, o‘yin amaliyoti taqdim etilsagina yana “Real” libosini kiymoqchi bo‘lsa, Sebalos “Arsenal”da qolmoqchi emas.
Agar “qaymoqranglilar” yozda Modrichni sotib yuborsa, katta ehtimol bilan jamoaning yarim himoyasidan Martin Edegor muhim o‘rin egallaydi.

“Real Madrid” yozda kimlarga ko‘z tikmoqda?

Bugungi kunda “qaymoqranglilar” nishonida turgan uchta futbolchi nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Unga ko‘ra, kelasi mavsumda “qaymoqranglilar” Sadio Mane, Erling Xoland va Eduardo Kamavinga turibdi.

Sadio Mane

Senegallik futbolchining nimalarga qodir ekanlgini alohida to‘xtalib o‘tirish shart emas. U “Liverpul” jamoasida qo‘lidan nima kelishini barchaga isbotlab qo‘ydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Sadio “Real Madrid”ga kutilganidek effekt bermasligi mumkin. Sababi, u juda kamtarin futbolchi. Boz ustiga, mediaodam ham emas. U Ronaldu yoki Beyl singari ijtimoiy tarmoqlar yulduz ham emas. To‘gri, qaysidir ma’noda Mane klubning o‘yinini yaxshilashi mumkin, biroq “Real Madrid” uchun bu kamlik qiladi. Qolaversa, APLdan kelgan vingerlardan biri qanday ahvolga tushib qolganini barcha ko‘rdi. Shuningdek, Vinisius va Rodrigo singari yosh iqtidorlar bor jamoaga Mane shart emas. Shunchaki, bor futbolchilarga imkoniyat yaratib berishning o‘zi kifoya.

Erling Xoland

Bundan bir necha yillar ilgari Florentina Peres Robert Levandoskini harid qilmay katta xatoga yo‘l qo‘ygan edi. Agar o‘shanda “Real Madrid” polyakni jamoaga olib kelganida, ichki birinchilikda “Barselona”ni ortiqcha qiyinchiliksiz dog‘da qoldirgan bo‘lar edi. Bugungi kunda Peresda aybini yuvish imkoni mavjud. Buning uchun “Borussia Dortmund”  safidagi Erling Xolandni Madridga olib kelish kerak. Bugungi kunda Benzema qanchalar yaxshi formada bo‘lmasin, “Real Madrid”ga oldingi chiziqdagi “qotil” hujumchi kerak. Benzemaning maydondagi harakatlari Ronaldu singari “killer” futbolchi bilan yaxshi foyda bergan. Endilikda, Xoland Ronalduning o‘rnini bosa olsa, Xoland Madrid uchun katta g‘alabalarni olib kelishga qodir futbolchi. Bundan tashqari, agar Edegor asosiy tarkibga qaytarilsa, Xoland va Martin juftligi yangi “Real Madrid”ning tezda oyoqqa turib olishiga ko‘mak beradi.

Eduardo Kamavinga («Renn»)

“Real Madrid” o‘z uslubida yosh va iqtidorli futbolchilarni izlashda davom etmoqda. 17 yoshli Kamavinganing Madrid nishonida turgani normal holat. Fransiyalik futbolchi kelajakda Kazimironing o‘rnini ortiqcha muammosiz to‘ldirishi mumkin. Uning tahminiy transfer qiymati 80 million yevroga baholanmoqda. AS nashri bergan xabarlarga qaraganda, bu transferni shaxsan Zayniddin Zidanning o‘zi tashkillashtirmoqda.

Futbolchining o‘zi ham Madridga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Eduardo “Real Madrid” libosini kiyish uchun turli klublarda ijarada harakat qilishga ham tayyor. Bu transfer “Real Madrid” uchun kelajakda katta naf keltirishi turgan gap.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:24, 30.03.2020.
O'qildi: 11358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.