Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

1 aprel - Hazil kunidagi bo‘lgan voqea

1 aprel - Hazil kunidagi bo‘lgan voqea

Baho:
+ | -

Bilasiz, 1 aprel hazil kuni bo‘lganligi tufayli ko‘plab do‘stlar, og‘ayni va aka-ukalar bir-biriga yaxshi ma’noda ko‘plab hazillar qilishadi.

Shu munosabat bilan bugungi kun tarixidagi voqealarni, unutilmas hazil va undagi samimiyat ko‘pchilik tomonidan to‘g‘ri qabul qilinadi.

Ko‘plab klublar aynan shu kuni feyk, hazilomuz tarzda yirik transfer yoki shov-shuvli xabarlarni e’lon qilishadi. Biz esa bunday harakatdan foydalanmagan holda hazil kuniga bag‘ishlangan AGMK futbolchisi Sanjar Tursunov bilan bog‘liq voqeani e’tiboringizga taqdim qilamiz.

"Ukrainadagi faoliyatimda "Vorskla"da o‘ynab yurgan kezlarimda bir yosh futbolchiga hazil qilganim hamon yodimda. Endi yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga o‘tib, o‘yinlarda ishtirok etishni boshlagan futbolchini oldimga chaqirdim va uni bosh murabbiy izlayotganini aytib, oxirgi o‘yinlardagi harakati yoqqani va u bilan yaxshilangan tartibda yangi shartnoma, ya’ni maosh masalasida gaplashmoqchi bo‘layotganini ta’kidladim. U esa xursand holda shoshib murabbiy xonasiga yo‘l oldi. Oradan biroz vaqt o‘tgach murabbiy va futbolchi xonadan chiqishdi. Ichkarida nima bo‘lganini aniq bilmadim-u, lekin hazil kuni bo‘lgani tufayli buni murabbiy to‘g‘ri tushungandi. Rosa kulgu bo‘lgandi o‘sha voqea", — deya 1 aprel kuni bilan bog‘liq hazilini esladi Sanjar Tursunov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 18:37, 01.04.2020.
O'qildi: 4860 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик