Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Dunyodagi eng qimmat retro libos qaysi klubniki va u necha pul turishini bilasizmi?

Dunyodagi eng qimmat retro libos qaysi klubniki va u necha pul turishini bilasizmi?

Baho:
+1 | -

Stadion.uz futbol olamidagi eng qimmat retro liboslar bilan tanishtirib o‘tadi.

 

Bugungi kunda retro futbol liboslarini jamg‘arish keng urfga kirmoqda. Darhaqiqat, nostalgiyani yodga soluvchi futbolkalarni topish oson emas. Yulduzlar dastxati tushirilgani haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi. Bugungi reytingimiz oddiy va o‘z davrida klub dokonlarida sotilgan liboslardan tuzilgan. Ushbu 10 ta futbolkaga ega chiqish oson emas. Buning uchun sabr va mo‘maygina pul talab etiladi.

 

10-9-o‘rin. “Yuventus” – 1997/98 – 340 yevro

 

Zidan, Del Pyero, Desham, Indzagi, Konte va boshqa ko‘plab yulduzlar harakat qilgan libosni “Yuventus” muxlislari hali-hamon ardoqlab kelishmoqda.

10-9-o‘rin “Borussiya Dortmund” – 1996/97 – 340 yevro

 

Bu libosning nima uchun qimmat ekanligini darrov anglagan bo‘lsangiz, ajab emas. Aynan shu futbolkalarda Dortmund klubi o‘z tarixida birinchi va hozirga qadar so‘nggisi bo‘lib turgan YECHL sovrinini qo‘lga kiritishgan edi.

 

7-8-o‘rin. “Liverpul” 1989/90 – 400 yevro

 

Bu libosni Kenni Dalglish uni kiygani uchun emas, aynan shu libosda “Liverpul” o‘zining so‘nggi chempionligini qo‘lga kiritgani bois muxlislar o‘rtasida juda mashxur. Bu futbolka klub muxlislariga o‘z klubining yengilmas davridan qadrdon esdalik sifatida qadrli.

 

7-8-o‘rin. “Chelsi” 1986/87- 400 yevro

E’tibor qaratgan bo‘lsangiz, ushbu libosda hech qanday alohida belgi yo‘q. Boz ustiga, “aristokratlar” bu futbolkalar bilan sovrin ham yutishmagan. Shunchaki klub bu futbolkalarni «Chelsea Collection» brendi ostida ishlab chiqargan. Bu fakt esa, muxlislar orasida bugungi kunlarimizga qadar qadrlanadi!

5-6-o‘rin. “Inter” 1997/98 – 425 yevro

 

Bu libosda Ronaldo, Zanetti, Samarano, Jorkayayeff singari super yulduzlar harakat qilishgan. Bundan tashqari, aynan shu futbolkalarda “Inter” UEFA kubogi finalida “Latsio”ni mag‘lub etgancha chempionlikka erishgan.

 

5-6-o‘rin “Arsenal” 1991/93 – 425 yevro

 

Bu futbolkaning antiqaligi shundaki, “kononirlar” APL tashkil etilishidan oldin ham, keyin ham mehmondagi uchrashuvlarda shu liboslardan foydalanagan. “Arsenal” muxlislari, noodatiy rangdagi futbolkaga “ikki davrni ko‘rgan qariya” deb nom ham berishgan!

4-o‘rin. “Milan” 1999/00  – 450 yevro

 

Zamonaviy va hozirgacha urfda bo‘lgan futbolkada Andrey Shevchenko o‘zining Milandagi birinchi mavsumida foydalangan!

3-o‘rin. “Manchester Yunayted” 1986/88 – 510 yevro

 

Bu futbolka “Manchester Yunayted”ga ikki mavsum davomida hizmat qilishi ko‘zda tutilganiga qaramay, “qizil iblislar” atigi bir bor (“Sautgempton”ga qarshi uchrashuvda) undan foydalanishgan xolos.

2-o‘rin. “Napoli” 1990/91 – 570 yevro

 

“MARC” brendi ostida ishlab chiqarilgan futbolkalarda Maradona “Napoli”dagi o‘zining so‘nggi mavsumida to‘p surgan.

 

1-o‘rin. “Barselona” 1991-92 – 680 yevro

 

1982-1992-yillar oralig‘ida “Barselona” uchun “Meyba” brendi futbolkalarni yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Aslida, bu kompaniya hech qachon chiroyli dizayni bilan qolganlardan ajralib turmagan. Shunchaki, aynan yorqin ranglardagi futbolkalarda “Barsa” o‘z tarixida birinchi bor chempionlar kubogida zafar quchgan. Ushbu tarixiy voqeyadan so‘ng, kataloniyada bu futbolkaning mavqeyi juda ko‘tarilib ketdi. Bugungi kunda ham uni qo‘lga kirtish oson emas!

Ya . U

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:31, 04.04.2020.
O'qildi: 10524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.