Kirish Ro'yxatdan o'tish

UYEFA rahbari: «Belgiya klublari yevrokuboksiz qolishi mumkin»

UYEFA rahbari: «Belgiya klublari yevrokuboksiz qolishi mumkin»

Baho:
+ | -

UYEFA rahbari Aleksander Cheferinning fikricha, milliy chempionat o‘yinlari muddatdan oldin yakunlanishi mumkin emas.

Shuningdek, UYEFA rahbari muddatdan oldin chempionatni yakunlashga qaror qilgan Belgiya Futbol Federasiyasini keyingi mavsumda nimalar kutayotganiga alohida urg‘u berdi.

«Belgiyaning tutgan yo‘li – noto‘g‘ri. Birdamlik tushunchasini bir tomolama fikrlash bilan chalkashtirmang. Siz avval yordam so‘rab, keyin o‘zingiz uchun foydali bo‘lgan qarorni qabul qilishingiz nojoiz.

Belgiya klublari ichki chempionatni muddatdan oldin yakunlab qo‘yganliklari sababli, keyingi mavsumda yevrokubok musobaqalaridan chetda qolishlari mumkin. Bu xavfli holat bo‘lishi mumkin. Boshqa chempionatlar ham xuddi shunday muammolarga duch kelishlari mumkin.

Klublarning o‘z ichki chempionatlarida muddatdan oldin g‘olib sifatida tan olinishi YECHL va YELga chiqish talabi to‘g‘ri bajarilmaganligi haqida ko‘plab savollarni tug‘diradi», — dedi Aleksander Cheferin.

Kiritildi: 23:13, 04.04.2020.
O'qildi: 3404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик