Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Van Deyk APLning eng yaxshi 5 futbolchisini aytdi

Van Deyk APLning eng yaxshi 5 futbolchisini aytdi

Baho:
+ | -

Virjil van Deyk «Liverpul»da o‘ynamaydigan Premyer-liganing eng yaxshi 5 futbolchisi nomini aytdi. Shuningdek, mersisaydliklar himoyachisi o‘z nomzodlariga izoh ham berib o‘tdi.

Darvozabon: Ederson («Manchester Siti»)
«O‘ylashimcha, u ajoyib darvozabon. Ushbu mavsumda ko‘pgina yaxshi posbonlarni ko‘rdik, ammo Ederson ular orasida eng yaxshisi. U Alissonga yutqazsa ham – Ederson birinchi raqamli posbon».

Himoyachilar: Emerik Laport («Manchester Siti»)
«U «Manchester Siti» uchun qanchalik muhim o‘yinchi ekanini namoyish qilmoqda. Ajoyib himoyachi. U juda va juda yaxshi himoyachi. Shuning uchun men uni tanlayman».

Yarim himoyachi: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»)
«Nazarimda, bu pozisiyada faqat «Siti» o‘yinchilari! Lekin de Bryuyne haqida ko‘p gapirish shart emas. Avvalo, Kevin – yaxshi yigit. Shu bilan birgalikda u zo‘r futbolchi. Uni qattiq hurmat qilaman. U fantastik o‘yinchi».

Yarim himoyachi: Son Xyong Min («Tottenxem»)
«U tezkor, u kuchli, u himoyachilarning ishini do‘zaxga aylantirish uchun maydonga chiqadi. U chap oyoqda ham, o‘ng oyoqda ham vaziyatni ajoyib yakunlay oladi. Shuning uchun uni tanlayman».

Hujumchi: Pyer-Emerik Obameyang («Arsenal»)
«Mavsum davomida amalga oshirgan ishlariga tayanib, uni tanlayman. Lyakazett va Obameyang — ajoyib hujumchilar juftligi. Shuningdek, men hujumga Agueroni ham qo‘yishim mumkin edi. Ammo Obameyang – yaxshi hujumchi ekanini raqamlar ham ko‘rsatib turibdi».

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:35, 06.04.2020.
O'qildi: 5061 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.